Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Abramovning tugallamagan «diplom ishi»ni muvaffaqiyat bilan himoya qilishiga tilakdoshman»

«Abramovning tugallamagan «diplom ishi»ni muvaffaqiyat bilan himoya qilishiga tilakdoshman»

Baho:
+1 | -

Chet ellik murabbiy bir necha million dollarlik kompensasiya pulini olib, futbol uyushmasining shundoq ham teshik g‘aznasini bo‘shatib ketganidan keyin uning o‘rnida kim ishlashi mumkin? Albatta, Vadim Abramov.

U 2003 yili bankrotlik yoqasida turgan, bir tiyin puli yo‘q, Oliy Ligadan tushib ketishi en aniq bo‘lib turgan “Traktor”ni ikkinchi davrada qabul qilib olib, Ikkinchi Ligadan chiqqan to‘rtinchi sort futbolchilar bilan chempionatda olib qolgan edi. Keyin nima bo‘lganini esingizdami? Bir tiyin puli yo‘q shu “Traktor” 2004 yili 5-o‘rinni, 2005 yili 4-o‘rinni egallagan, Kubok finalining ikkinchi taymida “Paxtakor”dan sovrinni ilib ketishiga bir bahya qolgan.

U 2019 yili avvalgi rahbariyati tomonidan bor budi talon-toroj qilib bo‘lingan, bir tiyin puli yo‘q “Bunyodkor”ni qabul qilib olib, yosh bolalar bilan Superligada uchinchi bo‘ldi. Chempionatning birinchi davrasida-ku necha bor hayron qoldirdi kutilmagan natijalari bilan. “Yo‘q bo‘lib ketadi, tarqalib ketadi, faqat yutqazadi endi” deyilgan kollektivni tuppa-tuzuk, futbol o‘ynashni biladigan jamoaga aylantira oldi. Xullas, Vadim Abramov shunaqa.

Vadim Abramovning bitta kamchiligi bor (agar buni kamchilik deyish mumkin bo‘lsa) — u bir tomondan omadli (“Traktor”, “Bunyodkor” bilan qilgan ishlari haqida o‘qing yana bir bor), boshqa tomondan g‘irt omadsiz; og‘zi endi oshga yetganida nuqul yer tishlab qoladi — o‘sha “Traktor” bilan bo‘lgan tarix bunga dalil, Avstraliyaga qarshi 0:6 hisobi bilan tugagan yarim final, BAAga qarshi Olimpiada yo‘llanmasi boy berilgan drama...

Nima bo‘lganida ham, Vadim Karlenichga omad — 2012 yilda tugatishga ulgurmagan “diplom ishi”ni endi zo‘r muvaffaqiyat bilan himoya qilib olishiga tilakdoshman!

Muhrim A’zamxo‘jayev

Manba: https://t.me/muhrim
Kiritildi: 18:05, 23.09.2019.
O'qildi: 6114 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик