Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

20-asrning eng kuchli futbolchilari

20-asrning eng kuchli futbolchilari

Baho:
+ | -

20-asrda futbol olamida ko‘plab mega yulduzlar to‘p surganidan xabaringiz bor. Ronaldu va Messisiz o‘tgan yillar davomida bir nechta futbolchilar dunyodagi yeng kuchlilar ro‘yxatini boshqarib borishganni hech kimga sir yemas. Xo‘sh ular ichida kimlarni alohida qayd yetishimiz mumkin? Bugun o‘tgan asrning yeng kuchli futbolchilari bilan tanishtirib o‘tishga harakat qilamiz.

1-qism

Mishel Platini


Fransiya futboli tarixidagi yeng kuchli futbolchi sifatida tarixda qolgan Platini ketma-ket 3 bor “oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritibgina qolmay (1983,1984,1985,) o‘z tehnikasi bilan futbolga o‘zgacha zavq bag‘ishlagan. Platini o‘z faoliyati davomida 300 dan ortiq gol kiritgan va o‘z to‘p surgan barcha jamoalarning yetakchisi sifatida alohida qayd yetilgan. Bundan tashqari, qahramonimiz 2007-yildan 2011-yilga qadar UYEFA prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.

Alferedo Di Stefano


Argentina va Ispaniyalik futbolchi uzoq o‘tmishda tengsiz futbolchi bo‘libgina qolmay. “Real Madrid”ni dunyodagi birinchi raqamli jamoaga aylantirishda yeng katta hizmat qilgan shaxs sanaladi. Uni chaqqonligi va to‘purarligi uchun yemas, kamtarin inson bo‘lgani uchun o‘zgacha yaxshi ko‘rishar yedi. O‘z faoliyati davomida 500 ga yaqin gol kiritgan Di Stefano haqidagi hikoyalar og‘izdan-og‘izga o‘tib shu kunlargacha yetib kelgani tahsinga sazovar.

Garrincha

1933-yilda juda kambag‘al oilada tavvalud topgan Manuyel Fransisko dos Santos kelajakda Garrincha nomi bilan mashxur bo‘lishini hech kim tahmin ham qilmagan bo‘lsa, ajab yemas. Qiyin o‘tgan bolalik sababli ortirib olgan kasalliklari bo‘lmaganida, Garrincha hamma zamonlardagi yeng kuchli futbolichi bo‘lishi mumkin yedi. O‘z faoiyati davomida 250 ga yaqin gol kiritgan qahramonimizning dafn marosimi ham “Marakano” stadionida bo‘lgan, va uning muxlislari qahramonimizni so‘nggi yo‘lga kuzatib qo‘ygan yedi. Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilardan farqli o‘laroq, Garrincha mashxurlik va shoxona hayotsiz yashab o‘tgan.

Frans Bekkenbauer

Germaniya futbolidagi yeng kuchli himoyachi sifatida alohida ye’tirof yetiladigan himoyachi so‘zsiz ushbu ro‘yxatdan joy olishga haqli. Aynan uning yerkin himoyachi sifatida (libero) to‘p surishi tufayli futbol olamida yangi pozisiya paydo bo‘lgan yedi. Frans deyalri butun faoliyatini “Bavariya” jamoasida o‘tkazgan va shu klub ramziga aylanib ketgan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Diyego  Maradona



Futbol olamidagi ilk medi odamga aylangan, jurnalisltlar tomonidan haligacha kuzatib boralidagan chinakam super yulduz. Maradonna 1986-yilda Argentina terma jamaosini o‘z yelkasida ko‘tarib yurgancha g‘oliblik sari yetaklagan va butun umrga futbol tarixidan joy olgan yedi. U tomonidan Angiliya darvozasiga urilgan gol o‘tgan asrning yeng chiroyli goli sifatida qayd yetilgani tahsinga sazovar. Agarda futbolchi narkotik moddalarga o‘ralashib qolmaganida uning kariyerasi yanada salobatliroq ko‘rinish olgan bo‘lar yedi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:17, 26.09.2019.
O'qildi: 8815 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.