Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Klopp dunyoning eng kuchli futbolchisi kim ekanini aytdi

Klopp dunyoning eng kuchli futbolchisi kim ekanini aytdi

Baho:
+ | -

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining ajoyib intervyulari bilan qolgan murabbiylardan ajralib turadi. Germaniyalik mutaxassis o‘z intervyularida ko‘pincha futbolchilar va ularning imkoniyatlari haqida to‘lqinlanib so‘zlashni yoqtiradi. Bugun Klopp tomonidan maqtovga sazovor bo‘lgan futbolchilar va ular haqida “Liverpul” ustozi tomonidan berilgan intervyularni taqdim yetamiz.

Yeden Azar

Yeden uchun kun omadli boshlansa va uning sport foramsi yaxshi bo‘lsa, o‘sha kungi uchrashuvda u dunyoning yeng yaxshi futbolchisiga aylanadi. U "Chelsi"da ajoyib faoliyat olib bormoqda va uning faoliyati hali o‘z poyoniga yetganicha yo‘q. Yeden futbolchilarda bo‘lishi shart deb hisoblaydigan hislatlarimning barchasini o‘zida jamlagan. Uni faqat to‘psiz qoldiribgina chetga surib tashlash mumkin. Aks xolda, u istalgan jamoa uchun bosh og‘riqqa aylanadi.

“Intervyu” Azar “Real Madrid”ga o‘tishidan avval berilgan

Muhammad Salah

Agar siz Muhammad Salahni dunyodagi yeng kuchli futbolchi yekanligi haqida yozmoqchi bo‘lsangiz, buni amalga oshiring. Salah yeng kuchlisi yekanligini isbotlash uchun mening so‘zlarim shart yemas.  Darhaqiqat, Mo top darajadagi futbolchi. Mening fikrimcha u shunday tempda uzoq muddat to‘p surishi lozim. Ana shundagina u o‘zining yeng kuchli yekanligini barchaga isbotlab qo‘yishi mumkin.

Ronaldu

Salah qanchalar kuchli bo‘lmasin, Ronaldu uning darajasida 15 yildan beri to‘p surib kelmoqda. U hal qiluvchi pallada kerakli joyda bo‘lishni uddalay oladigan futbolchi. Bu futbolchidan talab qilinadigan yeng qiyin va yeng muhim jihat sanaladi.

Leonel Messi

Menga “Ronaldu yoki Messi?” qabilidagi savollarni juda ko‘p berishadi. To‘g‘risi, smartfonimda Messi bilan tushgan surat bor. Men Messi bilan suratga tushayotganimda xonada Ronaldu ham bor yedi. Bu Messi Ronaldudan yaxshiroq futbol o‘ynaydi degani yemas. Ular maydonda teng kuchga yega va ularning jamoasi uchun keltiradigan unumi ham bir xil darajada.

Pele

Dadam doim: “Siz qaysi futbolchini kuchli yekanligini isbotlashga urunsangiz ham, qaysi futbolchi nimalarga qodir yekanligini ko‘rgan bo‘lsangiz ham futbol otasi Pele va u barcha zamonlarning yeng kuchli futbolchisi bo‘lib qolaveradi!”-der yedilar.

Men Pele bilan 2006-yilda bo‘lib o‘tgan mundial chog‘ida ilk bor ko‘rishganman Yodimda, juda asabiylashgan yedim. Uni ko‘rgan zahotim otamning so‘zlari naqadar to‘g‘ri yekanligni chuqur his yetdim. Darhaqiqat, u yeng zo‘ri!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:14, 28.09.2019.
O'qildi: 20363 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.