Darhaqiqat, London klubi ustozining yangi mavsumda umuman omadi kelmayapti. APLdagi mag‘lubiyatlar yetmaganidek, o‘tgan mavsumda YECHL finalida maydonga tushgan klub, bu mavsumda o‘z uyida «Bavariya»dan 7 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Eng achinarlisi shundaki, jamoa futbolchilari kuchli bosim ostida harakat qilishmoqda. Xo‘sh yangi mavsum oldidan Pochettino nimalarni o‘zgartirishda xato qildi yoki nimalarni o‘zgartirgani yo‘q? Bugun aynan Pochettino tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan kamchiliklar haqida so‘z boradi.
O‘sha-o‘sha taktika
Argentinalik murabbiy bu mavsumda ham o‘zi o‘ylab topgan mehnatkash futbolchilar taktikasidan foydalanmoqda. Markaziy yarim himoyachilarning markazda uyushib turishi va qanot himoyachilari orqali qanotdan hujumlar, Keyn ortidagi Erikson yoki Keyn ortidagi Son Hyum Min uslublari ochig‘i endi umuman naf bermayapti. Pochettino barcha futbolchilarni Keyn atrofida yig‘ishga urungani bois, uning hujumlarida rang-baranglik yo‘qolib bormoqda. Bu esa, tehnika asrida faoliyat olib borayotgan klublar uchun juda ham oddiy uslub bo‘lib, uni bartaraf etish va unga qarshi taktika qo‘yish orqali «Tottenhem»ni «bo‘gib»tashlash imkonini bermoqda.
Qanot himoyachilari yetishmayapti
«Shporlar» Trippyer ketgach, tranasfer oynasi yopilguniga qadar boshqa o‘ng qanot himoyachsini harid qilishni istashmadi va bu ular uchun juda qimmatga tushmoqda. O‘ng qanotdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun Pochettino bir emas, 4 ta futbolchini sinab ko‘rishga ulgurgan bo‘lsada, ulardan keragicha naf chiqarishning iloji topilmadi. Avvaliga Xuan Foyt o‘ng qanotda o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik bunday tajriba Sanches, OriYE, singari futbolchilarda sinab ko‘rilgan bo‘lsada, foyda keltirganicha yo‘q.
Pochettino shogirdlaridan qanchalar unversallikni talab etmasin, barcha o‘z pozisiyasidagina super o‘yin ko‘rsata oladi. Hozirda qanot himoyasidagi muammo tufayli klub o‘z o‘yin falsafasidan naf chiqara olmayapti. Axir Pochettinoning jamoasida qanot himoyachlari to‘pning nazoratida juda katta rol ijro etishadi. Agarda klub qishki transferlar chog‘ida sifatli qanot himoyachilarini xarid qilmasa, mavsum so‘nggida o‘ziga yarashmagan narijani qayd etishi hech gap emas.
G‘alati Rotasiya
Argentinalik murabbiyning so‘nggi paytlarda asosiy tarkib tanlashi ko‘p tanqid qilinmoqda. Bir qarashda bu tanqidlarning tagida ma’no bordek ko‘rinadi. Futbolchilarning jismoniy xolatidan kelib chiqib maydonga tushurishni o‘z falsafasiga aylantirgan murabbiy haqida so‘nggi kunlarda nega bu qadar tanqidiy maqolalar ko‘payib bormoqda? Ba’zan uning qarorlarini izohlash juda mushkul. Masalan, «Olimpiyakos»ga qarshi uchrashuv oldidan Pochetino «Kristal Pelas» darvozasiga 2 ta gol kiritgan Son Hyun Minni Londonda qoldirdi. «Olimpiyakos»ga qarshi uchrasuvda o‘zini ko‘rsatgan Deli Alli esa, yana o‘yindan tashqarida qolmoqda. Yan Vertongen va Tobi Alderveyrel bilan esa, murabbiyning so‘nggi kunlarda aloqasi juda yomonlashgan bo‘lsada, buning sababi nima ekanligi haligacha oshkor etilgani yo‘q. Ochig‘i Pochettinoning ortiqcha ehtiyotkorligi sababli klub o‘ta muhim ochkolarni boy bermoqda.
Juda kech Zahiradan futbolchi tushuruvchi murabbiy
Uning bu odati anchadan beri beri tanqid qilinsada, u o‘z uslubidan voz kechishni istamaydigan murabbiylar sirasiga kiradi. Qahramonimiz o‘rta hisobda har uchrashuvda 70-daqiqalar arafasida o‘zining ilk zahirasidan foydalanadi. Bu esa, maydonga tushgan futbolchi uchun o‘yinni tubdan o‘zgartirib yuborish uchun juda oz fursat. 2-bo‘lib va 3-bo‘lib maydonga tushgan futbolchilarda esa, bunday imkoniyatning o‘zi yo‘q desak, adashmagan bo‘lamiz. Yaqindagina «Lester»ga boy berilgan uchrashuvda jamoa yuragi Kristian Erikson o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganidagina maydonga tushdi va unga biroz vaqt yetishmay qoldi. Erikson o‘yinni o‘zgartirdi biroq natijani emas. O‘sha uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan Vanyama esa, o‘tkazib yuborilgan 2 ta golda bosh rolni ijro etib berganiga nima deysiz? Vaholanki o‘z formasini boy bergan Vanyamaning o‘rniga Erik Dayer maydonga tushishi mumkin edi, biroq Pochettino aynan Vanyamani tanladi.
Pochetino shogirtlarida ishtiyoq yo‘q
O‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, klubni tark etishni istgan birorta futbolchining ketishiga yo‘l qo‘yilmaganidan xabaringiz bor. Rahbariyat o‘z futbolchilari uchun katta pul taklif qilgan klublarga shunchaki ilojsiz variyantlarni taqdim etdi va oqibatda birorta futbolchi boshqa klubga o‘ta olmadi. Keyn, Alderveyrel, Erikson, Dayer, Rouz, Vertongen singari futbolchilar ketishni istagan bo‘lsada, ularni olib qolishdi. Hozirda klubning yetkachi futbolchilari sanaladigan yigitlarning aksariyati motivasiyasiz maydonga tushmoqda. Pochettino qo‘l ostida tinimsiz mashg‘ulotlar evaziga birorta sovringa ega chiqmaslik esa, ularni ruhan ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Qisqacha qilib aytgada, ularda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq tamomila yo‘qolib qoldi. Bu esa, futbolda doimmo mag‘lubiyatga sabab bo‘lishi hech kimga sir emas. Nima uchun klub ketishni istagan futbolchilarni qo‘yib yubormadi? Nega qayta tarkib tuzib chiqilmadi? Bunisi bizga qorong‘u, lekin aynan ishtiyoqsiz futbolchilarning sustkashligi klub natijalarida o‘z aksini ko‘rsatmoqda. Nahotki Pochettinno buni ko‘rmayapti? Balki ularni almashtirish uchun Zahira o‘rindig‘I torlik qilar, yana kim biladi deysiz?
Xulosa
Nima bo‘lgan taqdirda ham Pochettino futbolda ilojsiz narsalarni bir necha bor amalga oshirgan chinakam sehrgar murabbilardan biri bo‘lib qolaveradi. Yuqorida zikr qilingan barcha muammolarning yechimi topilsa, klub yana o‘z ritmiga tushib olishga qodir.