Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Bugun O‘zbekiston – Yaman o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Bugun O‘zbekiston – Yaman o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqich 3-turi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Bugun, 9 oktyabr kuni mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumani hamda rasmiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Dastavval, soat 16:30da Yaman terma jamoasi ustozi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Yaman terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazadi. Mashg‘ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

So‘ngra soat 17:30da “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov jurnalistlarning o‘yin oldi savollariga javob qaytaradi. Milliy jamoamizning rasmiy mashg‘uloti esa soat 18:00da bo‘lib o‘tadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini mazkur uchrashuv va uning o‘yinoldi tadbirlarini yoritishga taklif etamiz.

Ta’kidlash joiz, o‘yin oldi matbuot anjumanidan so‘ng milliy terma jamoamizning JCH-2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarini bevosita stadiondan yoritish maqsadida akkreditasiya uchun hujjat topshirgan OAV vakillariga maxsus akkreditasiya kartochkalari tarqatiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:55, 09.10.2019.
O'qildi: 5166 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик