Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Bugun Abramov qanday uslubdan foydalangani ma’qul?

Bugun Abramov qanday uslubdan foydalangani ma’qul?

Baho:
+ | -

Bugun Jahon chempionati saralashi doirasida terma jamoamiz navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi.

«Paxtakor» stadionida Yaman mehmonimiz bo‘ladi. Ushbu o‘yindan oldin ko‘p narsa o‘zgargan, bu hammamizga ayon.

ABRAMOV FENOMENI

Yangi murabbiy kelgan paytda, albatta, futbolchilarning xatti-harakati ham o‘zgaradi. Agar murabbiy o‘z imzosini ko‘rsata olsa. Vadim Abramov nafaqat muxlislarda, balki futbolchilarda ham iliq taassurot qoldira olgan, albatta, o‘yin borasida. Futbolchilar Abramov nima xohlashini, qaysi taktikaga murojaat qilishini qisman bilishadi. Terma safida ham bundan boxabar futbolchilar yetarlicha. Yangilarga esa Abramov qisqa muddat ichida o‘z falsafasini singdirib ulgurgan.

Raqibga hurmat saqlagan holda aytish kerakki, futbolchilarimiz Yamanni mag‘lub etishlari uchun Amerika ochishlari shart emas. Shunchaki o‘z o‘yinlarini namoyish etishsa bo‘ldi. Terma tarkibidagi hozirgi futbolchilarning salohiyati, agar ular bundan to‘liq foydalanishsa, Yamanni mag‘lub etish uchun yetarli bo‘ladi.

Abramov deganda ko‘z oldimizga hujumkor murabbiy gavdalanadi. Shu boisdan ham bugun futbolchilarimiz katta ehtimol bilan hujumkor o‘yin ko‘rsatishadi.

RAQIBNING TAKTIKASI QANDAY BO‘LADI?

Katta ehtimol bilan Yamanning taktikasi — ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynash. Ya’ni asosan, himoyalanib, qarshi hujumga o‘tish. Yamanda tezkor va aniq harakat qiladigan futbolchilar ko‘p. Shuning uchun himoyaga e’tibor qaratishimiz lozim.

Futbolchilarimiz gol urishlari shart, g‘alaba qozonishlari shart. Bu esa imkon qadar ko‘proq hujum uyushtirish, oldinga intilishga majbur qiladi. Raqib murabbiyi esa buni juda yaxshi tushunib turibdi. Bejizga u «O‘zbekistonga qarshi o‘ylab qo‘ygan taktikamiz bor», demadi. Menimcha, raqib bizning hujumdagi xatolarimizni kutadi, bosim uyushtiradi, to‘pni olib qo‘ygan zahoti esa qisqa va uzun passlar orqali olg‘a intiladi. Uzoqdan kuchli zarbalar ham berishi mumkin, chunki darvoza chizig‘imizning ham unchalik kuchli emasligi raqiblarga ayon.

MUHIMI — TEZKORLIK VA ANIQLIK

Shunday ekan, bugun futbolchilarimiz aniq va tezkor harakat qilishlari lozim. Hujumda xato bo‘lmasligi kerak, deya olmaymiz, chunki xato bo‘lishi tabiiy. Shunday vaziyatda, raqib qarshi hujumga o‘tganda tezkor harakat qilish lozim, oxirigacha kurashish kerak.

Aniqlikka keladigan bo‘lsak, bu o‘zaro uzatmalarda asqatadi. Uzoqqa havodan to‘p uzatishlar kerak emas, chunki biz hali bunday uslubga tayyor emasmiz. Eng ma’quli tiki-takaga yaqin, qisqa va tezkor paslar orqali raqib jarima maydoniga yorib kirish, shuningdek, qanotlardan to‘pni raqib jarima maydoniga havolatib yetkazib berish. Bizda bosh bilan yaxshi o‘ynaydigan hujumchi bor — Eldor Shomurodov. Faqat bunda ham aql bilan harakat qilish talab etiladi.

Uzoqdan aniq zarba berish ham muhim. So‘nggi paytlarda Odil Ahmedovning uzoqdan beradigan kuchli zarbalarini sog‘indik. Umid qilamanki, bugun futbolchilarimiz imkon bo‘lgan payti aniq va kuchli zarba yo‘llashni ham unutishmaydi. Sovuqqonlik juda muhimdir.

Bugungi o‘yin Abramovning nimalarga qodirligini qisman ko‘rsatadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:53, 10.10.2019.
O'qildi: 6722 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик