Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Zamonaviy futboldagi eng kuchli to‘purar kim?

Zamonaviy futboldagi eng kuchli to‘purar kim?

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda futbolchilarning transfer qiymati ular kiritgan gollar soniga qarab baxolanishi odatiy xolga aylanib qoldi. Darhaqiqat, zamonaviy futbolchilar orasida to‘purarlik poygasida muntazab qatnashib kelayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatgich egasi kim? Bugun ushbu savolga «Transfermarket» nashri tomonidan berilgan ma’lumotlarga tayanagan xolda javob izlaymiz.

Robert Levandovskiy 427 ta gol



Polshada chempionatidagi o‘yinlari orqali Germaniyalik murabbiylar e’tiborini qozongan xujumchi iqtidorli sanalar edi. Yurgen Klopp qo‘l ostida hujumchi top darajaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi va mana bir necha yillardan beri o‘z darajasini ushlab turibdi. «Real Madrid» darvozasini 4 bor ishg‘ol qilgan futbolchi, 9 daqiqada 5 bor gol kiritib yangilab bo‘lmas rekordlarni qayt etgani e’tiborga molik. Bundan tashqari, Robert Polsha terma jamoasi uchun eng ko‘p gol kiritgan futbolchi sanaladi. «Transfermarket» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi har bir uchrashuvda 0,64 ta gol kiritishga qodir. Bu Zamonaviy futboldagi 5-o‘rindagi ko‘rsatgich degani. Hozirda polshalik futbolchi 31 yosh ekanligini hisobga olsak, unda ushbu ko‘rsatgichni yaxshilab olish imkoni mavjud.

Luis Suarez 446 ta gol


O‘zining noodatiy qiliqlariga qaramasda, Luis dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri sanaladi. Barchasini «Ayaks» klubida boshlagan qahramonimiz «Liverpul» klubida o‘z iqtidorini to‘liq namoyish etgan bo‘lsa, «Barselona»da mega yulduzga aylandi. To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda futbolchi jarohati sababli asosiy tarkibda maydonga tusha olmayapti, lekin «Barselona»da uning tutgan o‘rni beqiyos. Hujumchi istalgan nuqtadan gol kiritish qobiliyatiga ega futbolchi zamonaviy futbolda eng ko‘p foydali harakat qilivchi futbolchi ekanligini unutmaslik lozim.

Zlatan Ibrahimovich 516 ta gol



O‘zining hazillari orqali jurnalistlarning eng sevimli futbolchisig aylangan Ibrahimovich nafaqat matbuot anjumanida, balki maydonda ham qolganlardan ajralib turishni 37 yoshda ham uddalamoqda. Darhaqiqat, Ibra MLSda katta g‘alabalarga erishmagan bo‘lsada, uning ushbu chempionatda tengsiz ekanligini yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Akrobatik gollar ustasi sanaladigan qahramonimiz keying mavsumda ham o‘z imidjini saqlab qolsa, ushbu ro‘yxatdagi o‘rnini hali-beri hech kimga berib qo‘ymasligi aniq.

Leonel Messi 673 ta gol



Ko‘plab mutaxassislar tomonidan barcha zamonlarning eng kuchli futbolchisi deb e’tirof etiluvchi Messi haqida uzoq so‘zlashdan ma’ni yo‘q. Futbolchining Yoshi o‘tgan sayin, uning gollarni soni ko‘payib bormoqda. Hozirda 673 ta golga mualiflik qilgan argentinalikning ushbu ko‘rsatgichda to‘xtab qolmasligi kundek ravshan. Qiziq savol tug‘ilishi tabiiy. Xo‘sh u bu borada Ronaldudan o‘zib keta oladimi?

Krishtiyanu Ronaldu 700 ta gol



O‘zining mehnatkashligi orqali iloji yo‘q narsaning o‘zi yo‘q ekanligni isbotlagan Ronaldu zamonaviy futboldagi eng samarador futbolchi sanaladi. Ronaldu nafaqat o‘zi to‘p surgan klublarda, balki terma jamoasi uchun ham o‘ta muhim figura sanaladi. Aynan uning gollari tufayli Portugaliya o‘z tarixidagi ulkan g‘alabalardan birini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. Qahramonimiz o‘z faoliyati davomida qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarining asosiy sababchisiga aylanishni uddalay olgani e’tiborga molik. U zamonaviy futbol olamidagi chinakam afsona!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:57, 15.10.2019.
O'qildi: 5350 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик