Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Nodir Mavlonov: “Bo‘lajak bahs prinsipial ahamiyatga ega”

Nodir Mavlonov: “Bo‘lajak bahs prinsipial ahamiyatga ega”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Termizda “Surxon” mehmoni bo‘ladi. Bo‘lajak bahs oldidan “Navbahor”ning mahoratli yarim himoyachisi Nodir Mavlonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Mazkur o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Boisi,”Navbahor”ni oldinda prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan muhim o‘yin kutib turibdi.

Chunki “Surxon” tarkibida sobiq “navbahorchilar” to‘p surishlaridan tashqari, termizliklar jamoamiz kabi sovrindorlar safidan o‘rin olish uchun kurash olib borishmoqda. Shu bois, bo‘lajak bahsning murosasiz va keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori.    

O‘tgan turda “Dinamo”ni (1:0), shuningdek, o‘rtoqlik bahsida “Andijon”ni (2:0)ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik.

Shu bois, Termizga biz – futbolchilar a’lo kayfiyatda yetib keldik.

Umid qilamanki, ushbu kayfiyat bizni “Surxon” bilan kechadigan o‘yindan so‘ng ham tark etmasin, ya’ni g‘alaba qozonib, klub rahbariyati va muxlislarga quvonch ulashaylik.     

Bo‘lajak bahsda zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:41, 17.10.2019.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик