Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Osiyo futbol konfederasiyasi bilan kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgan edi.
Ushbu hamkorlik natijasi o‘laroq, “A” Pro-liga ishtirokchisi “Iftixor” hamda “B” Pro-ligada ishtirok etib kelayotgan “Rash Milk” futbol klublarining kelishilgan o‘yinlarga aloqador ekanligi, shuningdek Reglament talablarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgani aniqlandi.
Shu sababdan O‘FAning Intizom va odob-ahloq (etika) va Lisenziyalash qo‘mitalarining qaroriga asoslanib PFL tomonidan 2019 yilgi mavsumda “Rash Milk” futbol klubiga O‘zbekiston chempionatining “V” Pro-ligada, “Iftixor” futbol klubiga esa “A” Pro-ligada ishtirok etish uchun berilgan lisenziyalarning amal qilishi tugatildi va ushbu ikki klub musobaqalardan chetlashtirildi













