«Barselona» vingeri Runi Bardji maydonda ko‘proq o‘ynashga umid qilayotganini tan oldi.
20 yoshli futbolchi Kataloniya klubidagi debyut mavsumini o‘tkazmoqda — u o‘tgan yilning iyul oyida Daniyaning «Kopengagen» klubidan sotib olingan edi.
«Men o‘z rolimdan 100 foiz qoniqqanim yo‘q. Ayniqsa, o‘yinlar taqvimi zichligini hisobga olsak, ko‘proq o‘yin vaqtiga loyiqman deb hisoblayman. Lekin bu futbol. Bu yerda mendan ancha oldin o‘ynab kelayotgan jamoadoshlarimni hurmat qilaman. Sabr-toqatni saqlayapman, chunki nimalarga qodirligimni bilaman. O‘zimga to‘liq ishonaman. «Barsa»da o‘ynash doim mening orzum bo‘lgan», — deya BarcaTimes yosh shvedning so‘zlarini keltiradi.
Runi Bardji «ko‘k-anorranglilar» safida 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













