Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Futbol tarixidagi eng uzun shartnoma egasi kim?

Futbol tarixidagi eng uzun shartnoma egasi kim?

Baho:
+ | -

Hozirda futbolchilar va klub o‘rtasida tuzuladigan shartnomalarning o‘rtacha uzunligi 3 yildan oshmayapti. Bunday yo‘l tutish orqali ikki tomonham ehtiyotkorlikni birinchi planga olib chiqishmoqda. Shunga qaramay, barcha futbolchi va klublar shu yo‘ldan borishmoqda deb bo‘lmaydi. Yaqindagina «Atletiko Bilbao» klubi o‘z futbolchisi Inyaki Uilyamsga 9 yillik shartnoma taklif qildi va futbolchi ham taklifni rad etmadi. Xo‘sh futbol tarixida eng hayratlanarli darajada uzun shartnomaga ega futbolchilar haqida yana nimalarni bilamiz? Bugun ushbu mavzu atrofida so‘z yuritamiz.
 
Saul

Ispaniyalik futbolchi 20 yoshga  to‘lmasidan oldin «Atletiko Madrid»ning yetakchi futbolchisiga aylangan va uning atrofida grand klublar ko‘paya boshlagan edi. Ayniqsa 2016/17-yilgi mavsumda futbolchi barchaning e’tiborini qozondi va jamoasining YECHLda yarim finalga qadar yetib borishida katta rol  ijro etdi. O‘sha yili yoshlar o‘rtasida bolib o‘tgan jahon chempionatining finaliga qadar yetib borgan Saul musobaqaning to‘puariga aylandi va yanada mashxur bo‘lib ketdi. Ayniqsa, «Barselona» futbolchi bilan jiddiy qiziqib qoldi. «Matraschilar» Saulni o‘z jamoasida olib qolish uchun 9 yillik shartnoma taklif qiladi. Futbolchi klub tomonidan berilgan shartnomaga o‘ylab o‘tirmasdan qo‘l qo‘ydi va 2026-yilga qadar Madrid jamoasida to‘p suradigan bo‘ldi. Bu «Atletiko Madrid» jamoasining so‘nggi 50 yil ichida taklif etgan eng uzoq muddatli shartnomasi sifatida tarixda qolishi aniq.

Denilson

1998-yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida porlagan Denilson musobaqa oldidan Ispaniyaning «Betis» jamoasiga 23 million funt sterling evaziga o‘tadi va dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanadi. «Betis» o‘z yulduzini iloji boricha ko‘proq klubda saqlab qolish uchun unga 11 yillik shartnoma taklif etadi. Futbolchi  uzoq o‘ylab o‘tirmasdan rozi bo‘ladi. Oradan 4 yil o‘tib u Jahon chempionatida g‘olib bo‘lishni uddalagan bo‘lsada, «Betis» klubini yangi darajaga olib chiqa olmadi. Futbolchi o‘z klubida faqat bir bor 2005-yilda Ispaniya kubogiga ega chiqishnigina uddaladi xolos. Futbolchi 7 yil davomida Ispaniyada qoldi. Qahramonimiz o‘z sport formasini yo‘qotib qo‘ygani bois zahiradan muqim o‘rin olgach, uni «Bordo»ga sotib yuborishdi.

Leionel Messi

Argentinalik daho haqida uzoq so‘zlashdaning xojati yo‘q, chamamda. Futbol olamida barchaga barchasini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan qahramonimiz bundan bir necha yil ilgari uzoq muddatli shartnoma imzolagani bois bugungi rshyxatda mavjud. Futbolchi 2004-yilda klub bilan o‘zining ilk shartnomasiga qo‘l qo‘ygan bo‘lsada, yil oxiriga qadar «Barselona» futbolchi bilan shartnomani ikki bor uzaytirishga qaror qiladi. 2005-yilga «Barselona» futbolchi bilan shartnomani 2014-yilga qadar cho‘zadi va bu qaror yuz foiz o‘zini oqlaydi. Messi hech qayerga ketmasligini ich-ichidan his etganicha, bor e’tiborini maydonga qaratadi va rekordlar ketidan rekordlar o‘rnatishga tushib ketadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, «Barselona» Leo uchun har safar moddiy tomondan juda qulay shartnomalar taklif qilgan va argentinalik futbolchi uzoq muddat davomida dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatini boshqarib borgan. Ma’lumotlarga qaraganda, «Barselona» o‘z yetakchsi uchun yangi shartnoma taklif qilish haqida bosh qotirmoqda. Ko‘ramiz, bus afar ham Katoloniya super klubi futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif eta olarmikan?

Andres Inyesta

Ispaniyalik futbol afsungari butun umrini «Barselona»ga bag‘ishlagan bo‘lsada, klub futbolchi uchun bir necha bor uzoq muddatli shartnoma taklif qilishda davom etadi. 2017-yilga kelib «Barselona» 32 yoshni qarshi olgan futbolchiga butun umrlik shartnoma taklif qiladi. Bu futbolchi o‘zi istamaguniga qadar klubda qolish degani edi. Katoloniya klubining bunday yo‘l tutganidan klub muxlislarining boshi osmonga yetgan bo‘lsada, ushbu shartnoma asosida Andres atigi bir mavsum to‘p surdi va Yaponiyaga yo‘l oldi. Futbolchi klubdagi o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatib berishni reja qilganini muxlisalr keyinchalik anglab yetishdi va unga bo‘lgan xurmatlari yanada oshdi.


Iker Kasilyas

2008-yilda Madridning «Real» jamoasi o‘z darvozaboniga butun umrlik shartnoma taklif etgan ilk klub sifatida tarixga kirdi. Bunga qadar birorta klub o‘z futbolchisi uchun butun umrlik shartnoma taklif qilmagan edi. Kasilyas ushbu shartnomaga qo‘l qo‘ygach, barcha kutganidek faoliyati so‘nggiga qadar «qaymoqranglilar»safida qolmadi. Ispaniyalik afsonaviy darvozabon jamoada 7 mavsum davomida to‘p surdi va mavjud bo‘lgan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 2015-yilda klub va uning muxlislari bilan xayrlashgancha Portugaliyaning «Portu» jamoasiga o‘tib ketdi.

Bonus : Raul

2008-yilda «Qirollik klubi» o‘z jamoasi faxriylaridan biri sanaladigan Raulga ham butun umrlik shartnoma taklif qiladi va hujumchi o‘ylab o‘tirmasdan rozi bo‘ladi. Afsuski, oradan 2 yil o‘tib Raul asta-sekin chetga chiqib qolayotganini his etadi va Germaniyaning «Shalke 04» klubiga ravona bo‘ladi. Futbolchining o‘zi o‘sha shartnoma haqida o‘z intervyularidan birida shunday degan edi :

«Madrid klubi menga butun umrlik shartnoma taklif qilgan kuni faoliyatim so‘nggiga qadar sevgan klubimda to‘p surishimdan baxtli edim. Afsuski, hayotda hamma narsa ham biz o‘ylagandek ko‘rishin olavermas ekan. Shunday bo‘lsada, Madridda o‘tkazgan yillarim faoliyatimning eng unutilmas lahzalari sifatida yodimda abadiy qoladi»

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:34, 18.10.2019.
O'qildi: 11126 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.