Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Juda erta debyut qilgan yulduzlar

Juda erta debyut qilgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Yaqindagina «Barselona» jamoasida 16 yoshida debyut uchrashuvini o‘tkazgan Ansu Fati bir zumda mashxurlikka erishdi desak, adashamgan bo‘lamiz. O‘spirin juda erta debyut qilgan bo‘lsada, o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va bir nechta uchrshuvlar orqali nimalarga qodir ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. Afsuski, ko‘pincha erta debyut qilgan futbolchilarning faoliyati hamma kutganidek ko‘rinish olmaydi. Shunga qaramay, ba’zi super yulduzlar uchun bunday erta debyut qilish ortiqcha qiyinchiliklar tug‘dirmagan. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Killian Mbappe

O‘zining 20 yoshidayoq dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan fransuzning debyut uchrashuvi erta amalga oshgani tabiiy xol. O‘zining ilk uchrashini o‘tkazganida futbolchi atigi 16 yosh 11 oylik bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan 4 yil mobaynida johon chempionatida g‘olib chiqishga va PSJ klubining yetakchisiga aylanishiga kifoya qildi. Agarda PSJ futbolchini sotishga qaror qilsa, bu yangi jahon rekordiga aylanishi turgan gap. Mbappe ilk bor 2015-yilning 2-dekabr sanasida maydonga tushgan va barchani hayratda qoldirgan edi. Oradan bir yil o‘tib futbolchi Jardim boshchiligidagi «Monako»ning asosiy yulduziga aylandi va butun dunyoga tanildi.

Eden Azar

Bundan 10 yil ilgari Belgiya terma jamoasi sardori Fransiyaning «Lill» jamoasining yulduziga aylanib ulgurgan edi. Eden Liga 1 da 2007-yilning noyabr oyida ilk bor maydonga tushganiga ishonish qiyin. O‘zining ilk uchrashuvida 12 daqiqa to‘p surgan futblchi aytarli ko‘zga tashlanmagan bo‘lsada, unda potensial bor ekanligini barcha chuqur his etib turar edi. 16 yoshu 10 oylik futbolchi o‘zining ilk uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, keyinchalik klubi uchun ko‘plab sovrinlarni yutib berishda faol ishtirok etdi.

Ueyn Runi

Ko‘pincha murabbiylar o‘spirin yoshdagi futbolchilarni o‘yin atmosferasini his etishlari uchun 3 yoki 5 daqiqagagina maydonga tushurishadi. Ueyn Runi esa, bundan mustasno. Futbolchi o‘zining debyut uchrashuvini asosiy tarkibda boshlagan uchrashuvda «Everton» o‘z uyida «Tottenhem»ni qabul qilgan va bu 2002/2003-yilgi mavsumning birinchi uchrashuvi edi. O‘sha uchrashuvda ishtirok etganida Runi endigina 16 yoshu 9 oylik edi. O‘zining birinchi o‘yinidayoq «Everton» muxlislarining e’tiborini qozongan qahramonimiz oradan 2 yil o‘tib «Manchester Yunayted» safiga borib qo‘shildi va «qizil iblislar»ning afsonaviy futbolchisiga aylandi.

Franchesko Totti

1993-yilning mart oyida ilk bor «Roma» tarkibida maydonga tushgan o‘spirin kelajakda «Rimning imperatori»ga aylanishini kim o‘ylabdi deysiz? 16 yoshu 6 oyligida ilk bor «Roma» libosini kiygan Totti faoliyatining so‘nggiga qadar ushbu libosni boshqa klubninkiga almashtirmadi. O‘sha uchrashuvda «Roma» 2 : 0 hisobida «Breshiya» ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Totti katta futbolga ozining ilk qadamini tashlagani bilan yodda qoldi.

Andea Pirlo

Bugungi ro‘yxatimizdagi yana bir Italiyalik futbolchi haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Pirlo o‘zining 16 yoshidan 2 kun o‘tibgina o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgan Pirlo «Breshiya» jamoasining kelajakdagi yetakchisi bo‘lishiga barcha amin bo‘lgan edi. Gap shundaki, Pirlo o‘sha uchrashuvda qisqa vaqt ichida uzoq masofaga bir nechta aniq paslarn yetkazib berishga muvaffaq bo‘lgan va o‘zining nimalarga qodir ekanligini o‘sha davrlardagi ustozi Mirko Lucheskuga ko‘rsatib qo‘ygan edi. Yorqin debyutdan so‘ng, futbolchi zahiradan maydonga tusha boshlaydi va mavsum so‘nggida klub muxlislarining yoqimtoyiga aylanadi. Pirlo oradan yillar o‘tib Italiyaning eng mashxur futbolchilaridan biriga aylandi. Qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tardi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 18.10.2019.
O'qildi: 3561 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.