Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Odil Ahmedovning goli «Shangxay»ga g‘alaba keltirdi (video)

Odil Ahmedovning goli «Shangxay»ga g‘alaba keltirdi (video)

Baho:
+4 | -2

Xitoy chempionatining 26-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. Jadvalda 3-o‘rinni egallab turgan "Shangxay SIPG" safarda 2-pog‘onadagi "Beyjing Goan" klubi mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi taymda shanxayliklar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Bo‘lim boshida Li Sheng Long hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 66-daqiqada mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirgan paytda darvozabon to‘pni egallab olib, maydon markazi tomon otib berdi. To‘pni egallagan Chen Binbin oldinga intilayotgan Ahmedovning yo‘liga uzatma berdi. Odil esa raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, to‘pni uning ustidan oshirib, darvozaga joyladi.

O‘zbekistonlik futbolchi bugungi bahsda 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Shangxay SIPG" o‘z ochkolarini 59taga yetkazib, 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Ahmedov jamoadoshlari peshqadam "Guangjou Evergrand"dan 3 ochko ortda qolishmoqda.

Xitoy superligasi, 26-tur
"BEYJING GOAN" - "SHANGXAY SIPG" - 0:2
Gollar: Li Sheng Long (49), Odil Ahmedov (66)

Manba: www.stadion.uz.

Аҳмедовнинг голини Stadion.uz телеграмдаги канали орқали томоша қилишингиз мумкин.

Kiritildi: 20:34, 19.10.2019.
O'qildi: 9815 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик