Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor". Liga Kubogi prevyusi

"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor". Liga Kubogi prevyusi

Baho:
+ | -

Ilk bor o‘tkazilayotgan Liga Kubogi yarim finalida jamoamiz Qo‘qonda "Qo‘qon-1912" mehmoni bo‘ladi.

Ushbu musobaqa birinchi marta tashkil etildi va yarim finalda "Paxtakor" safarda "Qo‘qon-1912" qarshiligini yengishga urinib ko‘radi. Finalga yo‘llanma qo‘lga kiritilgan taqdirda jamoamiz ichki musobaqalarning barchasida g‘olib chiqib, trebl qayd etish imkoniyatiga ega chiqadi.

Liga Kubogi guruh bosqichi doirasida Toshkentda jamoalar to‘qnash kelishgan va o‘shanda qo‘qonliklar 4:0 hisobida zafar quchishgandi. Superliga bahslarining har ikkisida esa "Paxtakor" kuchliroq ekanligini isbotlagandi. Final yo‘llanmasi uchun kurash ham keskin kechishiga shubha yo‘q.

Bellashuvni Jasur Muxtorov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. "Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 22 oktyabr, seshanba kuni Qo‘qondagi Markaziy stadionda 15:00da boshlanadi.

 “QO‘QON-1912” – “PAXTAKOR”

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov.

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Manba: "Пахтакор" ФК расмий телеграм канали
Kiritildi: 16:11, 21.10.2019.
O'qildi: 2696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик