Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Ronaldu «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuv oldidan nimalar dedi

Ronaldu «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuv oldidan nimalar dedi

Baho:
+ | -

Bugun YECHL doirasida Turinning «Yuventus» jamoasi Moskvaning «Lokomotiv» klubini qabul qilishidan xabaringiz bor. Ushbu uchrashuv oldidan «Yuventus» futbolchilari va klub bosh murabbiyi Maurisio Sarri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tishdi. Bugun ushbu intervyularni e’tiboringizga havola etamiz.

Maurisio Sarri



Biz «Lokomotiv»ni yaxshilab o‘rganib chiqdik Ular kuchsiz emasligi kundek ravshan. Axir YECHLda kuchsiz raqiblar bo‘lmaydi. Bizni juda og‘ir uchrashuv kutib turibdi. Bugungi uchrashuv oldidan boshqa narsalar haqida o‘ylashga va Xato qilishga haqqimiz yo‘q. hozircha jamoam oldiga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan. Keyin nima bo‘lishi haqida oldindan hech narsa deya olmayman. YECHLning bu yilgi bahslarida Italiya klublaridan ko‘ra, Angiliya jamoalarida g‘oliblik uchun imkoniyat ko‘proqdek tuyulmoida. Shunday bo‘lsada biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Miralem Pyanich



Murabbiy o‘yin oldidan to‘pni o‘zimda uzoqroq ushlab turishimni iltimos qiladi. Shu yo‘sinda jamoa to‘liq hujumga yoki to‘liq himoyaga o‘tmoqda. Men iloji boricha uzunroq paslar bilan jamoaning hujumini boshlab beryapman. Men dunyoning eng kuchli klublaridan birining sharafini himoya qilyapman. Shunday ekan, o‘z pozisiyamda eng kuchli futbolchi bo‘lishni istayman. Sezganingizdek, biz o‘yinda-o‘yinga ochilib boryapmiz. Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ham ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozonamiz degan umiddaman. Rossiya klublariga qarshi mehmonda to‘p surish qanchalar qiyin ekanligini inobatga olgan holda bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Ronaldu

YECHLdagi barcha o‘yinlar og‘ir o‘tadi. Shu sababli biz o‘yin davomida ma’suliyatli va e’tiborli bo‘lishga majburmiz. Bugungi o‘yinda bor kuchimiz g‘alaba uchun harakat qilamiz. Bizni «Lokomotiv»ga qarshi oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCHdan ishtirok etganimda ushbu yurt futboli naqadar o‘sganini sezgan edim. Umid qilamanki, «Yuventus» bu mavsumda uzoq kutilgan g‘alabalarga boy mavsumni o‘tkazadi. Jamoamning chempionlik uchun imkoniyatlarini a’lo darajada baholayman. Agar ulkan g‘alabalar uchun harakat qilishdan to‘htagan kunimoq butsalarimni mixga ilishimni avvalroq ham aytgan edim.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 21:28, 22.10.2019.
O'qildi: 3582 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.