Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Ruud van Nistelroyning fikricha, Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Leo Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi.
— Hech kim Messiga yaqinlasha olmaydi. Krishtianu Ronaldu — to‘purar, Inyesta — miya, Salax, Mane, Azar va Mbappelar — yaxshi futbolchiari. Bularning barchasi - Messi. Hech bir futbolchi uning saviyasidek bo‘la olmaydi. U Playstation futbolchilariga o‘hshaydi, — dedi van Nistelroy.