Myunxenning “Bavariya” klubi sport direktori Xasan Salixamidjich himoyachi Lukas Ernandes uzoq muddatga safdan chiqqanini tasdiqladi.
Ernandes YECHL doirasida bo‘lib o‘tgan «Olimpiakos» klubiga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
U uchrashuvni yakuniga yetkaza olmadi. Kuchli og‘riqni his qilgan Ernendes murabbiylar tomonidan uchrashuvning 59-daqiqasida almashtirildi.
— U safdan chiqdi, bir necha hafta maydonga tusha olmaydi, — dedi Salixamidjich.













