Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Ozdoyevning otasi o‘g‘lining futbolga kirib kelishi haqida gapirdi

Ozdoyevning otasi o‘g‘lining futbolga kirib kelishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning «Zenit» klubi yarim himoyachisi  Magomed Ozdoyevning otasi Mustafa Ozdoyev o‘g‘li futbol bilan qanday shug‘ullanganligi haqida so‘zlar berdi.

— Chechenistondan Ingushetiyaga kelganimizda, qochqinlar gavjum joyga xotinim uchun beshta stoldan iborat kafe qurib berdi. Yonimizda Magmed 4 yil futbol o‘ynagan istirohat bog‘ining muassasi bor edi. Uyga qaytganimda kichkina o‘g‘lim yo‘q ekan. «Qani u?» — deb so‘radim. «Stadionda»-deb aytishdi. Stadionga keldim va devor ortidan qaradim. Magomed yomon harakat qilmayotgandi, uning harakatlari menga yoqdi. Uyga qaytayotib undan so‘radim: «Tug‘ilgan kuningga nima xohlaysan?». «Menga hech narsa kerak emas. Siz futbol o‘ynagansiz. Bizga mashg‘ulot o‘ting»-dedi.

— Oradan ikki hafta o‘tgach, xotinimga va katta farzandimga: «Bugun ariza yozib ishdan bo‘shadim. Endi kichkina o‘g‘lim uchun futbol bilan shug‘ullanaman. Hech kim g‘azablanmasligi kerak». Shu tariqa yetti yil o‘tdi.

— Bolalarni mashg‘uloti orqali umuman pul ishlamaganman. Magomedga aytdim: «Men nima desam shuni qilaman. Sen uchun hamma narsani qoldiraman. Oilamiz jabr ko‘ra, kam pulimiz bo‘ladi, sen shularni hurmati faqat futbol haqida o‘ylashing kerak».

— Oradan ikki yil o‘tgach bizni respublika miqyosidagi turnirga taklif qilishdi. Barchani mag‘lub etdik. Hattoki bir nechta jamoalari birinchi bo‘lim yakunlanmasidanoq maydondan chiqib ketishdi. Biroq, bizni hech narsa bilan taqdirlashmadi. Keyin men Magomed va yana ikki futbolchini Respublika futbol maktabiga topshirdim, sabab mustaqil bo‘lishlari kerak edi. Ular vagonda to‘rt kishi yashashar edi (o‘sha paytlar uchun bu normal sharoit edi), Biroq, Magomed kichik jarohat oldi. Men uni uyga olib keldim, — deb eslaydi Ozdoyevning otasi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Ozdoyev «Zenit» klubida  2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

Kiritildi: 13:31, 23.10.2019.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.