Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Siz g‘alabaga loyiq edingiz, partizanlar!

Siz g‘alabaga loyiq edingiz, partizanlar!

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Ligasi doirasidagi ikkita o‘yinda ko‘rdikki, futbolga VAR kerak. Judayam kerak.

“Partizan” o‘z uyida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. O‘yin shiddatli kechdi. Maydonda teng kuchli jamoalar to‘p surishdi. Hayron bo‘lmang, bugun maydonda “Manchester Yunayted” safida ham yoshlar harakat qilishdi. Bugun “Manchester Yunayted”ning raqibdan ustun nomi faqat nomi bo‘ldi, xolos. Qolgan jihatlarda serb klubi yigitlari hatto ustun ham kelishdi.

“Partizan” ikkala taymda ham ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Tinimsiz yugurdi, zarbalar berdi, ayniqsa, ikkita afrikalik futbolchi raqibga sira tinchlik bergani yo‘q. Ayrim vaqtlarda “Manchester Yunayted” himoyachilari, ko‘pincha Maguayr raqibning zarbalarini qaytargan bo‘lsa, ayrim hollarda “Partizan” hujumchilarining zarbalariga aniqlik yetishmadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, mezbonlarga biroz sovuqqonlik ham yetishmadi. Zarba berish kerak bo‘lgan paytda uzatishlar, uzatish kerak bo‘lgan paytda esa zarba...

Afsuski, ushbu o‘yinda bosh hakam — Xavyer Estrada asosiy rol o‘ynadi. Birinchidan, xato qarorlarni ko‘p qabul qildi. Ayniqsa, “Manchester Yunayted” futbolchisi o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘l bilan o‘ynaganida penalti bermadi. Qolaversa, o‘yinni muddatidan 10 soniya oldin tugatdi. Futbolda esa ana shu 10 soniya ham ba’zan gol urish uchun yetarli bo‘ladi. Ochig‘i, rasmiy uchrashuvlarda o‘yinni muddatidan oldin tugatgan hakamni hali ko‘rmagandim. Bu esa o‘yinning noxush holat bilan yakunlanishiga sabab bo‘ldi.

“Partizan” men uchun yangi kashfiyot jamoa bo‘ldi. Ochig‘i, ushbu jamoaning o‘yinini birinchi bor tomosha qildim va bildimki, tezkor, iqtidorli, kuchli zarbalar bera oladigan, raqibga qo‘rqmay tashlanadigan futbolchilardan tuzilgan jamoa ekan. Murabbiy ham chakkimas. Odatda, bunday jamoalar kuchli raqiblarga qarshi o‘yinda biroz cho‘chibroq harakat qilishadi, dovdirashadi, raqibning salobati bosadi. “Partizan” futbolchilari esa maydonga xuddi Serbiyaning boshqa bir jamoasiga qarshi o‘ynaydigandek tushishdi va o‘yin davomida ham shunday harakat qilishdi. Ular kamida 90 daqiqa raqibning nomdor nomi, tajribali futbolchilarga ega ekanligi va hozircha “MYU”ning o‘ziga ham foyda bermayotgan mashhurligini unutishdi. Natija esa yomon bo‘lgani yo‘q, garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lishsa-da, o‘yin borasida “qizil iblislar”dan qolishgani yo‘q.

Ikkinchi o‘yin — “Roma” hamda Myonxengladbaxning “Borussiya”si o‘rtasidagi uchrashuvda ham hakam katta sahnaga chiqdi. To‘p Kris Smollingning yuziga tekkan vaziyatda bosh hakam “Roma” darvozasiga penalti belgiladi. Agar bu vaziyatda “qo‘pollik uchun penalti belgilandi”, deydigan bo‘lsak ham Smollingning harakati bunday o‘yinlarda 11 metrlik jarima zarbasiga tortmasdi. Ehtimol, videotakrorlar tizimi bo‘lganida, penalti belgilanmasmidi...

Ochig‘i, VAR futboldagi hissiyotlarni bo‘g‘adi, jozibadorlikni yo‘qotadi, deya videotakrorlarga qarshi edim. Ammo bugungi o‘yinlardan keyin bildimki, VAR futbolga kerak. U adolatni o‘rnatadi. Bugun “Partizan” kamida durangga loyiq edi, durang adolatli bo‘lardi va agar videotakrorlar tizimi bo‘lganida bu adolat ta’minlanardi.

Ayni shu pallada anglashiladiki, videotakrorlar tizimi ishlamagan paytda o‘yinni tajribaliroq hakamlar boshqarishi lozim. Ana shunda jabrdiydalar kamroq bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, “MYU” g‘alabaga loyiq edi, yuqoridagi fikrlardan “qizil iblislar” uch ochkoga munosib emas  ekan-da, deya xulosa chiqarmaslik kerak. Shunchaki “Partizan” jamoasiga achindim, xolos. Chunki bugun ular chindan ham partizanlarga xos tarzda harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Bu o‘yinni men qaysidir ma’noda “Ayaks” va “Chelsi” o‘yiniga o‘xshatdim. O‘sha shiddat, o‘sha temp, o‘sha jonkuyarlik...

Keyingi o‘yinlarda har ikkala jamoaga ham omad tilayman. Bugun men muxlislik qiladigan jamoalar soni bittaga ko‘paydi. Olg‘a, partizanlar...

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:25, 25.10.2019.
O'qildi: 4621 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.