Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Nikolya Pepe Liga Yevropa doirasida «Gimaraynesh» klubi (3:2) ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
— Uchrashuvni juda yaxshi boshladik, biroq o‘z kuchimizni ko‘rsata olmakdik, — Pepening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UYEFA. — Gollar ishonch bag‘ishlaydi. Endi men jamoamning muvaffaqiyatiga o‘z hissamni qo‘shishda davom etishim kerak. “Arsenal”da o‘ynash oson emas, ammo jamoadoshlarim tufayli o‘zimni erkin his qilishni boshladim”













