Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Villian jamoasini o‘zgartirish niyatida emas.
- O‘ylaymanki, men hali Yevropada o‘ynashga qodirman. Men «Chelsi»da baxtliman. Klub bilan tuzgan shartnomam yakunlanmoqda, biroq, hali mavsum yakuniga yetgani yo‘q. Meni «Chelsi»da barchasi qoniqtirmoqda va shu yerda qolishni rejalashtiryapman, — Villianning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Sun.













