Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ekspert hakamlar guruhi «Paxtakor» — «Nasaf» o‘yinidagi 2 ta bahsli vaziyat bo‘yicha xulosa berdi

Ekspert hakamlar guruhi «Paxtakor» — «Nasaf» o‘yinidagi 2 ta bahsli vaziyat bo‘yicha xulosa berdi

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ekspert hakamlar guruhi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Birinchi vaziyat: Uchrashuvning 45+2-daqiqasida yuzaga kelgan mazkur vaziyatda «Nasaf» futbolchisi «Paxtakor» o‘yinchisiga nisbatan qoida buzgan. Garchi «Paxtakor» futbolchisi to‘p uchun harakat qilgan bo‘lsa-da, u to‘pni to‘liq nazoratiga ololmagan va to‘p darvozabonga yaqinlashib borayotgan edi. Ya’ni, darvozabonning to‘pga birinchi yetib kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan.

Shu sababli, aniq gol urish imkoniyatini yo‘qqa chiqarish holati to‘liq shakllanmagan deb baholandi. Bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilmagani to‘g‘ri qaror sifatida e’tirof etildi. Vaziyat qizil kartochkaga yaqin bo‘lishiga qaramay, sariq kartochka bilan cheklanish o‘rinli bo‘lgani to‘g‘ri qaror sifatida e’tirof etildi. Ekspert hakamlar guruhi ushbu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Ikkinchi vaziyat: Uchrashuvning 90-daqiqasida «Nasaf» jamoasining 32-raqamli futbolchisi o‘z jarima maydonchasi ichida «Paxtakor»ning 55-raqamli o‘yinchisiga nisbatan qo‘pol tarzda harakat qilgan — u raqibini qo‘li bilan tortib qolgan va kurash jarayonida tanasiga zarba bergan.

VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam tomonidan penalti belgilandi.

Ekspert hakamlar guruhi ushbu vaziyatda ham bosh hakamning qarorini to‘g‘ri deb topdi. Qoidabuzarlik sodir etgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatilishi ham o‘rinli qaror sifatida baholandi.

Xulosa: Har ikki bahsli vaziyatda ham bosh hakam tomonidan qabul qilingan qarorlar amaldagi qoidalarga to‘liq mos keladi va to‘g‘ri deb topildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 20:35, 30.04.2026.
O'qildi: 2325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик