Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«Paxtakor» Cheranning xet-trigi evaziga O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

«Paxtakor» Cheranning xet-trigi evaziga O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" ushbu mavsumda ikkinchi sovrin egasiga aylandi. "Lokomotiv" stadionida AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda Arveladze jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Toshkentliklar butun o‘yin davomida tashabbusga ega bo‘lib, raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Yarim soat davomida yaxshi himoyalangan olmaliqlar 31-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishdi. Paxatkorchilik maydon markazida himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tishdi. Hamdamovning pasidan keyin Cheran 25 metrlardan shu qadar mukammal zarbani amalga oshirdiki, to‘p darvozabonning ustidan oshib, to‘rga borib tushdi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida Cheranning uzatmasidan keyin to‘pga harakat qilayotgan Masharipovni Shorahmedov jarima maydoni ichida qo‘li bilan tortib qoldi. Belgilangan penalti Cheran aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi.

Bahsning 77-daqiqasida Dragan "xet-trik"ni rasmiylashtirdi. Masharipov chap qanotdan yetkazgan uzatmani bolqonlik futbolchi jarima maydoni chizig‘i ustidan to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, "Paxtakor" o‘z tarixida 12-marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston kubogi, final
"PAXTAKOR" - AGMK - 3:0 (1:0)
Gollar: Dragan Cheran (31, 61-penalti, 77)
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, A’zamov, Simich (s), Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran, Masharipov, Sergeev.
Zaxira: Quvvatov, Salimov, Iminov, Krimes, Mahmudhojiyev, Bikmayev, Kozak, Yo‘ldoshev, G‘ofurov.
AGMK: Sultonov, Shorahmedov, Yo‘ldoshev, Rahmonov, Rahmatov, Qosimov, Boydullayev, Jo‘rayev, Grigalashvili, Toshmatov, Nurmatov.
Zaxira: Abdulov, Shixov, Pirimov, Hakimov, Sulaymonov, Umarov, Abdunabiyev, Kasminin, Zonich.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:51, 26.10.2019.
O'qildi: 4157 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.