Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

ECHLda eng tez het-trik qayd etgan futbolchi kim?

ECHLda eng tez het-trik qayd etgan futbolchi kim?

Baho:
+ | -

Klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa sanaladigan ECHL bahslarida gol kiritish barcha futbolchilar uchun yoqimli xolat. Het-trik haqidaku, gapirmasa ham bo‘ladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. ECHL tarixida eng tez qayd etilgan Het-rik kimga tegishli? Bugun ushbu musobaqa tarixida eng tez 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilarnin eslab o‘tamiz.

Luis Adriano

«Milan» jamoasida o‘zini ajoyib ko‘rsatgan braziliyalikning eng gullagan davrlari «Shaxter» jamoasida o‘tgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ukraina klubi safida qahramonimiz ko‘plab ajoyib o‘yinlarni o‘tkazgan bo‘lsada, 2014-yilda «Bate»ga qarshi uchrashuv uning xotirasida saqlanib qolishi aniq. Belarussiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Adriano atigi 12 daqiqada 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lga va o‘sha uchrashuv «Shaxter»ning 0 : 7 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanadi.

Krishtiyanu Ronaldu

O‘zining bir necha yillik faoliyati davomida Krish ushbu musobaqaning eng ko‘plab rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor. Ronaldu hozirda ECHL bahslarida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi ekanligi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. 2015-yilda Shvesiyaning «Malmo» klubiga qarshi uchrashuvda Ronaldu o‘zining shaxsiy rekordini o‘rnatadi. «Santiyago Bernabeo» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Krish atigi 11 daqiqayu 15 soniya ichida raqib darvozabonini 3 bor xafa qilishga muvaffaq bo‘ladi. O‘sha uchrashuvda «Real Madrid» 8 : 0 hisobida g‘alaba qozongani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmaga bo‘lsa, ajam emas.

Rahim Sterling

«Atalant» jamoasiga guruh bosqichida omad kulib boqmayapti. Birinchi uchrashuvda «Dinamo»dan juda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olishgan bo‘lsa, 3-turda Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti»dan jiddiy zarba qabul qilib olishdi. «Ettihad» stediumda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Rahim Sterling katta sahnaga chiqdi. 11 daqiqayu 13 sekund ichida Italiya klubi darvozasiga 3 ta gol kiritdi va Italiya klubini ECHL bahslaridagi navbatdagi mag‘lubiyatini ta’minlab berdi. 

Mayk Nyuel

Bunga hozir ishonish qiyin bo‘lsada, 90-yillarning o‘rtalarida «Blekburn» jamoasi Britaniyaning eng qudratli klublaridan biri edi. 1995-yilda APL g‘olibligini qo‘lga kiritgan klub YCHLda ham chakki ishtirok etmagani tahsinga sazovor. «Blekbern Rovers» jamaosining o‘sha yillardagi yetakchi futbolchisi sanalagan Mayk Nyuel ECHL bahslarida ancha vaqtga qadar eng tez het-rik qayd etgan futbolchilar ro‘yxatini 16 yil davomida boshqarib borgan. 1995-yilning dekabr oyida Norvegiyaning «Russenburg» jamoasini qabul qilgan «bezorilar» 4 : 1 hisobida g‘alaba qozonishgan va gollarning 3 tasi Mayk Nyuel hisobiga yozilgan edi. O‘sha uchrashuvda Mayk qandaydir 9 daqiqa ichida o‘yin taqdirini hal etgan va jamoasini ECHL play-off o‘yinlarida ishtirok etishiga ulkan zamin yaratgan edi.

Bafetimbi Gomis

2011-yilda «Lion» ketma-ket 7 ta chempionlikdan so‘ng, ancha kuchsizlashib qolgan bo‘lsada, ECHL bahslarida istalgan raqibga kurash taklif etishga qodir klub edi. Zagrebning «Dinamo» jamoasiga qarshi mehmonda to‘p surgan «Lion» klubining sobiq hujumchisi Bafetimbi Gomis shu kunga qadar hech kim uddalay olmagan ishni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Gomis 8 daqiqa ichida 3 ta gol kiritdi va «Lion»ning ishonchli g‘alabasiga zamin yaratdi. Ushbu musobaqada ko‘plab afsonaviy futbolchilar to‘p surgan bo‘lsada, hech kim Gomis qayd etgan natijadan o‘zib keta olmagan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:51, 31.10.2019.
O'qildi: 7233 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.