Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

APLga kech moslashgan yulduzlar

APLga kech moslashgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Dunyoning eng shiddatli chempionati sanaluvchi APLga yangi kelgan futbolchilarning jamaoga moslashib ketishi uchun bir necha hafta kerak bo‘lishi hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, ushbu birinchilikda adaptasiya jarayoni juda uzoq davom etgan futbolchilar ham yetarlicha topiladi. Bugun ushbu chempionatda ajoyib o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, qiyinchilik bilan moslashib olgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Rober Pirez

Fransiyalik futbolchi APLga moslashib olishi uchun bir mavsum kerak bo‘lgan desak, ishonasizmi? 2000-yilda Fransiyaning «Marsel» jamoasida harid qilingan futbolchi Mark Overmarsning o‘rnini egallashi kutilgan edi, biroq Pirez o‘zining ilk mavsumida muxlislarning hafsalasini pir qilishga majbur bo‘ladi. O‘zining omadsiz mavsumini jismoniy futbolga moslashib olish qiyin bo‘lgani bilan izohlagan qahramonimiz keying mavsumda o‘zini nimalarga qodir ekanligini isbolashni boshlab yuboradi. Mavsum davomida 8 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan Pirez o‘sha mavsumda «Arsenal» va APLning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etiladi. Keyingi 3 mavsum davomida 15 tadan kam gol kiritmagan fransuz yana bir bor APL g‘olibligini qo‘lga kiritadi va YECHL finaliga qadar yetib borishga muvaffaq bo‘ladi.

Luis Suarez

Chinakam gol mashinasining ushbu ro‘yxatdan joy olgani ko‘pchilikka erish tuyulishi mumkin, biroq urugvaylik futbolchi ham yangi chempionatga tezda moslashib olishni uddallay olmagan. 2011-yilda o‘zining debyut uchrashuvidayoq gol kiritgan hujumchi qolgan o‘yinlarda yo‘qolib qoladi. «Enfild»dagi ilk bir yarim mavsum davomida hujumchi atigi 15 ta gol kiritgan bo‘lsa, keying mavsumda o‘zini to‘liq namoyish etishga tushib ketdi. 2012-yilgi mavsumda 24 ta gol va 15 ta assist bilan APLning eng foydali futbolchisiga aylangan qahramonimiz Brendan Rojers qo‘l ostida yanada o‘sishga erishdi. «Liverpul» uchun APL g‘olibligi bilan yakunlanmagan mavsumda Suarez 33 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, 31 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirib «oltin butsa»ni qo‘lga kiritadi. APLning yil o‘yinchisi va to‘purariga aylangan urugvaylik hujumchi ko‘p o‘tmay «Barselona» tomonidan 81 million yevro evaziga sotib olinadi.

Tiyeri Anri

Bundan 20 yil muqqadam o‘sha davrlar uchun fantastik bo‘lgan 16 million yevro evaziga «Arsenal» safiga o‘tgan Anrining debyut mavsumi omadli chiqqan deb bo‘lmaydi. Qahramonimiz o‘zining APLdagi ilk mavsumida markaziy hujum chizig‘ida o‘ynashga juda qiynalgan edi. Yarim mavsum davomida atigi besh bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Anri keyinchalik «Arsenal»ning 21-asrdagi eng yaxshi futbolchisiga aylanadi.

David De Xea

Hozirda dunyoning eng kuchli posbonlaridan biri sanaladigan ispanning «Manchester Yunayted»dagi ddebyut mavsumi ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.
25 million yevro evaziga «Atletiko Madrid»dan harid qilingan De Xea Edvin van Der Sarning o‘rnini egallashi kutilgan edi, biroq yosh darvozabon o‘zining ilk o‘yinlaridayoq qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydi. Ish shu darajaga borib yetdiki, u asosiy tarkibdagi o‘rnini Anres Lindegardga bo‘shatib berishga ham majbur bo‘ldi.

De Xeaning aytishicha, 2012-yilning 5-fevral sanasida «Chelsi»ga qarshi kechgan bahs barchasni o‘zgartirib yuborgan ekan. O‘sha uchrashuvda Xuan Mata tomonidan berilgan zarbani qaytargach, darvozabon o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni chuqur his etgan va bu unga ruhan katta dalda bergan ekan. Darhaqiqat, aynan o‘sha uchrashuvdan so‘ng, David «qizil iblislar»ning birinchi raqamli posboniga aylandi va hozirga qadar o‘z o‘rnini hech kimga berib qo‘ygani yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:54, 31.10.2019.
O'qildi: 2758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.