Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Endi A seriyani ko‘ramiz

Endi A seriyani ko‘ramiz

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasi so‘nggi yillarda o‘z shiddatini, raqobatga boy o‘yinlarini yo‘qotgani bor gap. Bu esa o‘z navbatida muxlislar soniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Tan olish kerak, oxirgi paytlarda bu chempionatni ko‘rmay qo‘ygan futbol muxlislari ham topiladi. Ammo…

A seriya o‘z obro‘sini qayta tiklamoqda. Bunga bir qator omillar sabab bo‘lyapti. Birinchi omil — tajribali futbolchilar. Birgina Krishtianuning o‘zi millionlab muxlislarni A seriyaga ko‘chishga majbur qildi. «Yuventus»ning o‘yinini ko‘radiganlar boshlandi. Hatto Turin klubi ishtirokidagi o‘yinlar APL va La Ligadagi o‘yinlardan ham muhimroq bo‘lib qoldi ba’zan.

Bundan tashqari, Romelu Lukaku va Aleksis Sanchesning «Inter»ga o‘tishi Milan klubiga bo‘lgan qiziqishni bir qadar oshirdi. Hatto Lukakuning «Inter» a’zosiga aylanganini Milan klubi uchun omadsiz transfer deya hisoblayotganlar ham «Qani, Lukaku A seriyada qanday o‘ynarkin?» deya «Inter»ning o‘yinini ko‘rishmoqda. Shaxsan menga Romeluning Italiya chempionatida qanday harakat qilishi qiziq. Shuningdek, yuqoridagi misollardan tashqari boshqa futbolchilar ham (A seriyaga ko‘chib o‘tgan) qiziqishni oshirdi.

Ikkinchidan, A seriyada ayni damda kuchli murabbiylar ishlamoqda. Hatto murabbiylar darajasi bo‘yicha Italiya chempionati ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Birinchi deya olmaymiz, chunki APLda Klopp va Gvardiola faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, Pochettino, Brendan Rojers, Unai Emeri va boshqa bu darajadagi murabbiylar Angliyada yetarlicha. Italiyada esa ayni damda Maurisio Sarri, Antonio Konte, Karlo Anchelotti, Valter Massari… A seriyada darajasi bir-biriga teng, yuqori saviyali kamida uchta murabbiy bor. Bu esa o‘yinlarning shiddatli kechishini ta’minlaydi. La Liga-chi, dersiz… Ispaniya chempionatida ayni damda murabbiylar orasida Diyego Simeone boshqalardan bir bosh ustun. Ernesto Valverde va Zidan esa futbolchilarning darajasi tufayli yuqorida yurishibdi. Gvardiola, Anchelotti, Mourinyo kabi murabbiylar ketgach, La Liga murabbiylar borasida maqtana olmay qolgan.

Ayni damda «Yuventus» chinakam bosh og‘rig‘iga duch kelgan. Bu bosh og‘riqlaridan biri «Inter», ikkinchisi «Napoli». O‘xshab qolsa, «Roma» ham muammo tug‘dirishi mumkin. Hatto Antonio Konte shogirdlari ushbu mavsum Skudettoni boshlari uzra baland ko‘tarishsa ham ajablanmaymiz.

Aslida, «Napoli» — «Roma» o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rib, A seriyaning avvalgi holati sekin-asta qaytayotganiga amin bo‘ldim. Haqiqiy shiddat, haqiqiy kurashuvchanlik.

Yoki «Inter» — «Yuventus» uchrashuvini olaylik. Juda shiddatli o‘yin bo‘lgandi o‘ziyam. Masalan, La Ligada bunday darajadagi o‘yinlar kamroq bo‘ladi. A seriyada esa ko‘paymoqda. Boisi maydonda nafaqat kuchlari tenglashgan klublar, balki teng kuchli, o‘ta tajribali murabbiylar bellashyapti. A seriyada taktikaga asoslangan, aqlli o‘yinlar ko‘paymoqda. Bu esa futbolga yanada joziba bag‘ishlashi turgan gap.

Endi A seriyani ko‘ramiz. Sizni bilmadim-u, men Italiya chempionatida o‘yinini qoldirmaydigan jamoalar soni ortyapti. Shu paytga qadar «Yuventus»ning o‘yinini ko‘rgan bo‘lsam, endi «Inter» va «Napoli» ishtirokidagi bellashuvlarni ham muntazam ko‘rishga intilyapman. Axir maydonda shiddatli bahs bo‘layotgan bir paytda qanday qilib futbol ko‘rmaslik mumkin, nima dedingiz?

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:13, 05.11.2019.
O'qildi: 9056 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик