Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Suares endi “Barselona”ga kerak emasmi?

Suares endi “Barselona”ga kerak emasmi?

Baho:
+ | -

Hozirgina xorijiy OAVda kutilmagan xabarni o‘qidim: “Suares “Barselona”ni tekinga tark etishi mumkin”. Yana qaysi klubga? “Inter Mayami”ga, AQSHga.

Avval urugvaylik hujumchining joriy mavsumdagi statistikasiga e’tibor qilaylik. Luis Suares 2019/2020 yillardagi mavsumda hozirgacha 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi. Terma jamoa safida esa 2019 yilda 4 ta o‘yinda ikkita gol urgan. Xo‘sh, bu yomon natijami? Qolaversa, bu hali mavsum boshlanishi bo‘lsa?

Luis Suares oxirgi to‘rt mavsumda kamida 20 tadan ko‘p gol urmoqda. Messidek to‘purar harakat qilayotgan jamoada bunday natija qayd etish oson emas. To‘g‘ri, uning bu boradagi ko‘rsatkichlari yildan-yilga kamayayotgandir, ammo bu Luis Suares ketishi kerak, degani emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” allaqachon urugvaylik futbolchiga o‘rinbosar izlay boshlagan. Bu, yaxshi, albatta. Lekin hali Kataloniya klubi safida Suaresning o‘rnini bosa oladigan futbolchi yo‘q.

Luis Suaresning o‘yinida isyonkorlik kuchliroq. Bu jihat uning xarakteriga ham ko‘chgan. Aslida, futbolda yozilmagan qoida bor: xaraktering maydondagi o‘yiningga ham ko‘chadi. Suares aynan ana shu tajovuzkorligi tufayli ko‘p ogohlantiriladi, hakamlar bilan ko‘p tortishadi, o‘z navbatida ana shu tajovuzkorligi bilan raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yadi, raqib darvozasiga gollar uradi. Har bir jamoaga ana shunday “yirtqich” kerak. “Barselona”da bu borada Suaresning o‘rnini yopa oladigan charm to‘p ustasi yo‘q.

Ikkinchidan, Suares hali MLSga ketadigan yoshda emas. Hech bo‘lmaganda 2 yil yuqori darajada o‘ynay oladi u. Bordiyu “Barselona” rahbariyati Luisni keraksiz deb hisoblab, jamoadan ketkazishga qaror qilsa, Suares kuchli beshlikdagi birorta grand jamoaga o‘tsa ham bo‘ladi.

Masalan, Germaniyada Suares o‘tishi kerak bo‘lgan jamoa — Dortmundning “Borussiya”si. Tezkor futbol, shiddatli harakat namoyish etayotgan “arilar” safida Suares qaytadan yosharishi mumkin. “Bavariya” esa Levandovski bor va u daraja jihatdan Suaresdan qolishmaydi.

Fransiyada Suaresni “Lion” yoki “Monako” qarshi olishi mumkin. Nabil Fekir ketganidan keyin “Lion”ga hujumkor futbolchi kerak bo‘lishi tayin. “Monako” esa Suares kabi futbolchilarni tarkibga jalb qilishga o‘rganib qoldi. O‘z-o‘zidan tushunarliki, “PSJ”da Suaresga joy yo‘q.

Italiyada Luis Suares “Inter”ni kuchaytira oladi. Milan klubida ham jarohat olish an’anasini davom ettirayotgan Aleksis Sanchesning o‘rnini to‘ldiradi urugvaylik futbolchi. Shuningdek, “Roma” va “Napoli”da ham joy topiladi. Aslida, A seriyada Suaresga variantlar ko‘proq.

Suares hozir ham Angliyada o‘ynay oladi. Masalan, “Everton”. Bu jamoa tuzukroq hujumchiga yolchimayapti. Bundan tashqari, boshqa variantlar ham bor.

La Ligani qo‘shmaslikka qaror qildik. Chunki katta ehtimol bilan Suares “Barselona” hurmati ham Ispaniya chempionatining boshqa bir klubiga o‘tib, Kataloniya jamoasiga raqib bo‘lishni istamaydi.

Xulosa o‘rnida aytarimiz shu: “Barselona” hozirgi sharoitida Suaresni qo‘yib yubormasligi kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:16, 09.11.2019.
O'qildi: 6790 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.