Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Qahramon Aslanov maqolasi: «Sharhlovchi va xolislik»

Qahramon Aslanov maqolasi: «Sharhlovchi va xolislik»

Baho:
+ | -

Futbol sharhlovchilarimizning eng ko‘p tanqid qilinadigan jihati u yoki bu jamoaga yon bosishdir. Men taniydigan sharhlovchilarning qisman qaysi jamoaga muxlis ekanlarini bilsam ham, aslida, ayblovlar biroz noo‘rin, menimcha.

O‘tgan yili “Qo‘qon 1912” jamoasi o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgandi. Hisobni mehmonlar ochgan, ikkinchi taym oxirlarida qo‘qonliklar hisobni tenglashtirgandilar. O‘shanda sharhlovchi Xayrulla Hamidovdan ko‘p “paxtakorchi” muxlislar xafa bo‘lgandilar – Xayrulla aka “Paxtakor”ning golidan ko‘ra, mezbonlarning goliga ehtiroslikroq reaksiya bergan, balandroq ovoz bilan “gol” deb aytgan. Xo‘sh, bu noxolis sharhmi?

Xolislikni har kim turlicha tushunadi. Sharhlovchi uchun xolislik bu – futbolni xolis muxlisdek tomosha qilish va sharhlash. Tasavvur qiling, “Paxtakor”ga ham, “Qo‘qon”ga ham muxlis bo‘lmagan, xolis tomoshabin televizorda bu uchrashuvni kuzayatpti. Xo‘sh, uning qaysi jamoa goliga reaksiyasi kuchliroq bo‘ladi? Beixtiyor qaysi jamoaga muxlislik qiladi? Tabiiy ravishda, kuchsizroq jamoaga, chunki “Qo‘qon”ning goli o‘yinni yanada qizitib yuborishi mumkin.

Yoki kecha sharhlovchilar “Liverpul”ning uchinchi golidan ko‘ra, “Manchester Siti”ning goliga ko‘proq xursand bo‘lishdi. Xo‘sh, gap ularning noxolis ekanliklaridami, ya’ni ular “Siti” muxlisimi? Yo‘q, sharhlovchi o‘yin ssenariysidan, yanada qizib ketishidan manfaatdor – Manening goli o‘yinni sovutgan bo‘lsa, Silvaning goli yana jonlantirdi, so‘nggi 10 daqiqa yanada qiziqroq o‘tishini ta’minladi.

Umuman, “Barselona” darvozasiga “Levante”ning golini baqirib nishonlagan sharhlovchi bu ishni “Real” muxlisi ekani uchun qilmaydi. Shunchaki, bu gol o‘yindagi intrigaga ijobiy ta’sir qilishini, bu esa, sharhlanayotgan o‘yinning yanada qiziqroq, shiddatliroq o‘tishiga zamin yaratishini bilgani uchun xursand bo‘ladi. Albatta, gap bahsli vaziyatlarni, hakamning qarorlarini bir tomonlama baholash, bir tomonni ortiqcha maqtab yoki yomonlab yuborishning mavzuga aloqasi yo‘q.  

Sharhlovchining shu shaklda o‘yin kayfiyati bilan hamohang bo‘lishi, ssenariy bilan mos ravishda emosiya ko‘rsatishi mutlaqo tabiiy va juda kerakli jarayon. Xolis baho berish ilinjida doimiy ravishda muvozanat haqida o‘ylash, har ikki tarafning tengligi borasida qayg‘urish sharhni jonsiz, zerikarli qilib qo‘yadi.

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 14:32, 11.11.2019.
O'qildi: 3680 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик