Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Dam olish kunlari qator terma jamoalarimiz uchun madaniy tadbirlar tashkil etildi

Dam olish kunlari qator terma jamoalarimiz uchun madaniy tadbirlar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, ayni paytda barcha sport turlari bo‘yicha terma jamoamiz vakillari Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo‘lida tinimsiz mehnat qilishmoqda. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi haftaning dam olish kunlari atletlarimiz uchun qator madaniy tadbirlar tashkil qilib bermoqda.

Jumladan, yakuniga yetgan hafta sinxron suzish bo‘yicha terma jamoamiz vakillari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurishdi. Sportchilarimiz u yerda «Kumush» operasini maroq bilan tomosha qildilar. Ma’lumot uchun, sinxronchilarimiz bugun tunda Sungapurga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun jo‘nab ketishadi.

Shuningdek, Gruziyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchun Borjomi sihatgohida sayr tashkil qilindi. U yerning shifobaxsh suviga ortiqcha ta’rif berish shart bo‘lmasa kerak. Shu tariqa dzyudochilarimiz mashg‘ulotlardan chalg‘ish bilan birga musaffo tog‘ havosidan bahra olib qaytishdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarimizni munosib qo‘llab-quvvatlash yo‘lida mana shunday madaniy tadbirlarni tashkil qilishda davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:39, 11.11.2019.
O'qildi: 1941 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.