Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Revansh vaqti keldi» – Davron Fayziyev

«Revansh vaqti keldi» – Davron Fayziyev

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Taniqli sharhlovchi — O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev O‘zbekiston - Falastin o‘yini arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin kuni. Falastin jangovor jamoa. To‘g‘ri, daraja, maxorat, saviya jihatdan biz ulardan ustunmiz. Ammo bunga haddan tashqari ishonib yuborish mehmonda mag‘lubiyatga olib keldi. O‘shanda Ramallohda guvoh bo‘lganmiz, Falastinda normal darajada futbol rivojlantirishga sharoit yo‘q o‘zi. Xalqaro standartda tabiiy maydon yo‘q. Sun’iy qoplamali bitta yaxshi stadion bor, o‘shani OFK tasdiqlagan. Bir tomondan to‘g‘ri qilingan, notinch vaziyatdan qiynalgan falastinliklar uchun har bir uy o‘yini - bayram! Albatta bayram bo‘ladida, Osiyo grandlari O‘zbekiston, Saudiyalar kelib ochko tashlab ketyapti. O‘sha yuqoridagi jangovorlikni maydon tashqarisida ham, tayyorgarlik jarayonida ham sezdik. Kuzatish imkoni bor edi, OFK talabiga javob beruvchi mehmonxona shaxarda bitta bo‘lgani uchun raqiblar bilan bir joyda turganmiz. Falastinda konsentrasiya, diqqat maksimal darajada, ntizom ham. Murabbiy raqibni yaxshi o‘rganib chiqadi va mos taktika tanlay oladi. Kecha eshitgandirsiz bizning o‘yinchilarni nomma-nom sanab o‘tganini. O‘zi shu Nuriddin Aliga o‘shanda ancha xurmatim oshdi. Shogirdlari bilan ota-o‘g‘ildek munosabatda. Biz bilan o‘yindan keyin matbuot-anjumanida birinchi savolga javob berayotganda yig‘lab yuborgandi. Unga qo‘shilib yana 1-2 falastinlik jurnalist ko‘zi yoshlangan. Emosional vaziyat bo‘lgandi. O‘zining va raqibning kuchiga to‘g‘ri baho bera oladi. Himoyada sabr bilan o‘ynab, qarshi xujumga tez o‘tadi. Bugunam shunday o‘ynashsa kerak. O‘zi Falastin favoritlar bilan ochiladigan “Robin-gud” jamoa, guruh liderlaridan ochko olib, qolganlarga ulashyapti. Bugun uddalay olmasa kerak. Bugungi kun bizga bag‘ishlanishi kerak. Revansh vaqti keldi", -deb yozmoqda Fayziyev o‘zining telegramdagi kanalida

Kiritildi: 08:42, 19.11.2019.
O'qildi: 7524 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.