Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Roman Pavlyuchenko: "Dzyuba uchun juda afsusdaman"

Roman Pavlyuchenko: "Dzyuba uchun juda afsusdaman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko rossiyalik muxlislar San-Marino terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (5:0) jamoa sardori Artyom Dzyubani haqorati qilgani haqida fikr bildirdi.

«Artyom Dzyuba uchun juda afsusdaman. To‘g‘risini aytganda, Rossiya terma jamoasi sardorini terma jamoa o‘ynayotgan o‘yinda qanday qilib so‘kish mumkinligini tushunmayman, Mening fikrimcha, bu o‘z sportchilarini hurmat qilmaydigan odamlarning past hatti-harakati. Bu odamlarning ongi pastligi aniq. Artem Dzyuba mamlakat uchun ko‘p ish qilmoqda, muxlislardan tortib oddiy insonlargacha quvonch ulashmoqda. U o‘z mehnatlari bilan odamlarga quvonch ulashadi, Rossiya terma jamoasiga natija olib keladi. Hozir terma jamoamiz yaxshi natija qayd etmoqda, biroq, ba’zi muxlislar bor, ular insoniylik nimaligini bilmaydi, bir so‘z bilan aytgandi, ular odam emas. Dzyuba o‘z hayotini futbolga, mashg‘ulotlarga, parvozlarga bag‘ishlamoqda, Rossiyaga g‘alaba olib kelish uchun o‘z ustida tinimsiz mehnat qilmoqda. Ammo, men bunday insonlarni nima deb atashni ham bilmayman. Men Dzyubaga bunga e’tibor bermaslikni, izoh qoldirmaslikni maslahat beraman. Men bu so‘zlarim bilan Dzyubani qo‘llab-quvvatlayman, u to‘g‘ri yo‘lda, bundayn insonlar bor va keyin ham bo‘ladi», — dedi Pavlyuchenko Sport24 saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 18:02, 20.11.2019.
O'qildi: 4961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.