Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi afsonaviy sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson Rayan Giggzaning murabbiylik faoliyatida ko‘rsatayotgan natijalariga yuqori baho berdi.
— Rayan doim yaxshi murabbiy bo‘lishga intilgan. U aqlli, uning quvvati ko‘p. U Uelsda ajoyib ishni amalga oshirdi va yosh futbolchilarga juda ko‘plab imkoniyatlarni berdi. Bu fantastik natija, - Fergyusonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com portali.













