Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Azar: “Agar ta’tilda bo‘lsam ortiqcha vazn olaman”

Azar: “Agar ta’tilda bo‘lsam ortiqcha vazn olaman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eden Azar «Chelsi» klubidan Madridga ko‘chib o‘tayotganda ortiqcha vaznga ega ekanligini tan oldi.

— Ha, bu to‘g‘ri, — dedi Azar. — Ortiqcha vazn olganimni yashirmayman. Ammo, men ta’tilda bo‘lsam, haqiqiy dam olaman. Men ortiqcha besh kilo vazn ortirgandim, chunki, mening organizimim tez vazn olib, tez vazn yo‘qotadi. 18 yoshligimda «Lill» jamoasida o‘ynaganimda 72 yoki 73 kilo edim. Keyin mushaklarimga kuch yig‘dim va 75-77 kg og‘irlikka ega bo‘ldim. Bu yil 80 kg edim, lekin 10 kunda ortiqcha vazndan xalos bo‘ldim.

— «Real»dagi dastlabki oyimda yetarlicha yaxshi o‘yin namoyish eta olmadim. Men yanada kuchli o‘yin ko‘rsata olaman deb o‘ylayman. Hozir o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, tezlikni oshirdim, boshqa jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilyapman. To‘g‘ri, hamma narsani to‘g‘ri qilmayapman, lekin yaxshilashga harakat qilyapman. Dastlabki ikki oyda juda ko‘p pas berishga erishdim, lekin muxlislar mendan gol kiritishimni kutishmoqda”-dedi Azar.

Kiritildi: 15:24, 22.11.2019.
O'qildi: 3000 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик