Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Joze Mourinoning APLga qaytganiga munosabat bildirdi.
«Uning qaytgani juda yaxshi bo‘ldi, chunki u buni juda xohlayotgandi. Boshqa tomondan olib qaraganda, bu tayinlov barcha narsa juda katta tezlik bilan o‘zgarayotganini namoyon qiladi. Pochettino «Tottenxem»da ajoyib faoliyat olib bordi. U kuchli mutaxassis, bunga hech kim shubha qilmaydi», — dedi Klopp Goal portaliga.