Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronalduning takrorlab bo‘lmas rekordlari

Ronalduning takrorlab bo‘lmas rekordlari

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, Ronaldu davrida Portgaliya terma jamoasi ajoyib natijalar qayd etdi. O‘z tarixida ilk bor qit’a chempionligini qo‘lga kiritibgina qolmay, dunyoning eng kuchli terma jamoalari safiga qaytdi. Qahramonimizning o‘zi esa, terma jamoa safida o‘zining 99-golini kiritdi va Ali Dayiga yaqinlashib oldi.  Uning Portugaliya terma jamoasidagi qanday rekordlar qayd etganini bilasizmi? Bugun Krish tomonidan o‘rnatilgan eng mashxur rekordlar bilan tanishib o‘tamiz.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi



Ronaldu terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi. 164 ta o‘yinda ishtirok etgan hujumchi, o‘zining eng yaqin ta’qibchisi sanalmushb Luish Figudan ancha ilgarilab ketdi. Figu uzoq vaqt terma jamoada to‘p surgan bo‘lsada, 124 ta o‘yinda ishtirok etgan xolos. Ronalduning hozir yaxshi formada ekanligini inobatga olsak, uning bu boradagi ko‘rsatgichlari yanada yaxshilanishi aniq.

Yevropadagi eng ko‘p gol kiritgan futbolchi



Krish butun boshli Yevropada terma jamoasi uchun eng ko‘p gol kiritgan futbolchi sanaladi. Qahramonimiz Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Marokash darvozasini ishg‘ol qilib shu kunga qadar Vengriya terma jamoasi a’zosi Ferens Pushkashga tegishli bo‘lgan (84 ta gol) rekordni yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘libgina qolmay, uning rekordini yanada yaxshilashni uddaladi. Shuningdek, uning hisobida 14 ta dubl, 7 ta xet-trik va 2 ta poker mavjud.

Turli raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan



Krish Portugaliya safida 41 ta terma jamoa darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bu nafaqat Portugaliya futbolida, balki 21-asrdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

«Evro»lar borasida yaqqol yetakchi

Krish so‘nggi qit’a chempionatida ishtirok etmay turib ham, ushbu musobaqada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi. Uning hisobida 21 ta o‘yin mavjud va tez orada bu ko‘rsatgich yanada yaxshilanishi kutilmoqda. Krishning eng yaqin ta’qibchisi Bastian Shvaynshtayger bo‘lib uning hisobida 18 ta o‘yin mavjud. Shvayni terma jamoadagi faliyatini yakunlaganini inobatga olsak, bu borada Krish yaqqol yetakchi. Shuningdek, u qit’a birichiligida gol kiritish bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi. Hozirda uning hisobida 9 ta gol bor va katta ehtimol bilan ushbu natija yanda yaxshilanadi.
 
JCH saralashidagi to‘purar

Portugaliya terama jamoasining JCH uchun saralash o‘yinlarida eng ko‘p gol kiritgan Ronaldu bu borada dunyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘tmishning afsonaviy hujumchilarini ancha ortda qoldirgan futbolchining hisobida 30  ta gol mavjud. Bu ko‘hna qit’a uchun eng yaxshi natija hisoblnadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, Krish Yevropa birinchiligiga yo‘llanma beruvchi sarlash o‘yinlarida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi sanaladi. Robbi Kin qanchalar iltimos qilmasin, qahramonimiz uning rekordini chippaga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Kin o‘zining 23 ta goli bilan ikkinchi pog‘onaga tushib qolgan bo‘lsa, Ronalduning hisobida hozircha 31 ta gol mavjud va bu ko‘rsagich yana yaxshilanishi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:24, 23.11.2019.
O'qildi: 14958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.