Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan yo‘lga qo‘yiladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, FIFA hamda OFK tavsiyalariga muvofiq, futbol uchrashuvlari vaqtida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda ham VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Shu maqsadda Toshkentda VAR tizimini yo‘lga qo‘yish, ushbu tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha seminar boshlangani haqida ma’lumot bergan edik.

FIFA va IFAB mutaxassislari tomonidan mazkur zamonaviy tizimni yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratish lozim bo‘ladigan jihatlar, bunga qadar VAR tizimi joriy etilgan mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish, VAR tizimining foydali jihatlari, ushbu tizimni samarali qo‘llashda operator va hakamlarning ahamiyati bo‘yicha zarur ko‘nikmalar taqdim etilgan seminar yakunlandi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu seminarda FIFA Hakamlar boshqarmasidan Maykl Bossler, FIFAning futbolda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish boshqarmasidan Bxveshan Morgen va IFAB vakili Tibo Niysen bu boradagi o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Qayd etish joiz, FIFA va IFAB tavsiyalariga muvofiq VAR tizimini yo‘lga qo‘yish uchun 7 oydan 12 oygacha vaqt talab etiladi va bu 3 bosqichda amalga tatbiq etiladi. Qolaversa, VAR tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun har jihatdan puxta tayyorgarlik olib borish lozim bo‘ladi. Ya’ni, dastlabki ikki bosqichda bu borada yetarlicha tajribaga ega VAR provayderi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, ushbu tizim bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislar, videoperatorlar tayyorlanadi, stadionlar VAR tizimidan foydalanish uchun moslashtiriladi, VAR bo‘yicha ishlovchi hakamlar malakasi oshiriladi, shuningdek, yakuniy bosqichda futbolchi, murabbiylar, futbol jamoatchiligiga VAR tizimi ishlash tartibi bo‘yicha zarur ma’lumotlar taqdim etiladi. Shundan keyingina VAR tizimidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA va IFAB tavsiyalariga amal qilgan holda yuqorida sanab o‘tilgan barcha jihatlar bo‘yicha puxta hozirlik ishlari olib boradi. Bu boradagi dastlabki qadamlar allaqachon qo‘yila boshlandi. 21-22 noyabr kunlari tashkil etilgan ushbu seminar davomida VARni yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan har bir jihatga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Endilikda mazkur tizimni O‘zbekistonda ham joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ish olib boriladi va VAR tizimidan rejaga muvofiq tarzda bosqichma-bosqich 2021 yildan boshlab foydalanila boshlanadi. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:18, 23.11.2019.
O'qildi: 3079 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик