Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

La liga. «Granada» «Atletiko»dan ochko oldi (videosharh)

La liga. «Granada» «Atletiko»dan ochko oldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi La liganing ushbu mavsumida o‘tkazgan 14ta uchrashuvning yarmida durang qayd etdi. Diyego Simeone shogirdlari mavsum kashfiyoti bo‘lib turgan "Granada"ga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotishdi.

Bahs davomida kichik ustunlik madridliklar tomonida bo‘ldi. 60-daqiqada Erreraning uzatmasidan keyin "Matraschilar"ning chap qanot himoyachisi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida to‘pni posbonning oyoqlari orasidan o‘tkazib, hisobni ochdi.

Oradan atiga 7 daqiqa o‘tib mezbonlar burchak zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Xerman Sanchesning bosh bilan zarba berishiga "Atletiko" futbolchilari xalal berishmadi.

So‘nggi daqiqalarda madridliklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi, ammo ular imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Ushbu durangdan so‘ng "Atletiko"ning ochkolari 25taga, "Granada"niki esa 21taga yetdi.

Ispaniya La ligasi, 14-tur
Granada – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 60 Lodi, 1:1 – 67 Xerman Sanches.
Granada – Ruy Silva, Kini, Dias, Xerman Sanches (Martines, 71), Duarte, Gonalon, Vadilyo (Machis, 65), Puertas, Aziz (Fernandes, 62), Montoro, Soldado.
Atletiko – Oblak, Lodi, Trippyer, Ermoso, Felipe, Vitolo (Poveda, 83), Lyorente (Joau Feliks, 75), Koke, Errera, Korrea (Lemar, 55), Morata.
Ogohlantirishlar: Korrea (28), Soldado (31), Felipe (39), Montoro (43), Puertas (54), Gonalon (63), Lyorente (66).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:43, 24.11.2019.
O'qildi: 2918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.