Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte YECHL doirasida "Slaviya" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu bahs qiyin o‘tadi. Ikki tur qoldi, biroq, biz bugungi uchrashuvga to‘liq e’tibor qaratamiz. Biz yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Bugungi bahsdagi natija juda muhim, ammo natija 95-98 foiz bizning o‘yinimizga bog‘liq bo‘ladi. "Slaviya" klubi bilan birinchi davra bahsda "San-Siro"da qayd etilgan 1:1 natijasi bilan yakunlangan uchrashuvttdagi o‘yinimiz bilan hozirgi o‘yinimiz katta farq qiladi. Biz ancha o‘sishga erishdik. Umid qilamanki, biz oldinga qadam tashlashda davom etamiz, chunki, Yevrokuboklardagi har bir o‘yin bizning o‘sishimizga yordam beradi. Men o‘z futbolchilarimizga ishonaman", - dedi Konte UEFA rasmiy saytiga.













