Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

YECHL. «F» guruhi. «Barselona» keyingi bosqichga chiqdi

YECHL. «F» guruhi. «Barselona» keyingi bosqichga chiqdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining ushbu mavsumida "o‘lim guruhi" nomini olgan «F» guruhidan birinchi bo‘lib «Barselona» klubi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Valverde shogirdlari Dortmundning "Borussiya"siga qarshi uchrashuvda katta ustunlikka erishib, raqibni o‘z jarima maydoni ichiga qamab qo‘yishdi. "Barsa" safida o‘zining 700-o‘yinida maydonga tushgan Lionel Messi bitta gol urdi va jamoasining qolgan 2ta goliga assistentlik qildi. Uning uzatmalarini Luis Suares va Antuan Grizmann golga aylantirishdi.

Hisob 3:0ga yetganidan keyin "ko‘k-anorranglilar" o‘yin tempini pasaytirishdi. Natijada dortmundliklar hujumchisi Sancho bitta gol muallifiga aylandi. Aynan ushbu futbolchining yana bir zarbasi to‘singa emas, to‘rga borib tushganida kataloniyaliklar uchun o‘yinning so‘nggi daqiqalari ancha asabiy o‘tishi mumkin edi.

Ushba g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 11taga yetkazib, muddatida oldin nafaqat pley-offga chiqdi, balki guruhda 1-o‘rin masalasini hal qildi.

"Inter" esa Chexiyada "Slaviya" klubi mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada so‘nggi tur oldidan "neradzurri" va "Borussiya" hisobida 7tadan ochko mavjud. 6-turda "Inter" "Barselona"ni qabul qilsa, dortmundlik o‘z uylarida "Slaviya" bilan to‘qnash kelishadi.

Yevropa chempionlar ligasi
"F" guruhi, 5-tur
Barselona Ispaniya – Borussiya D Germaniya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 29 Suares, 2:0 – 33 Messi, 3:0 – 67 Grizmann, 3:1 – 77 Sancho.
Barselona – ter Stegen, Firpo, Serdji Roberto, Langle, Umtiti, de Yong, Buskets, Rakitich (Vidal, 78), Dembele (Grizmann, 26), Suares (Vage, 90), Messi.
Borussiya D – Byurki, Xakimi, Akanji, Pishchek (Zagadu, 76), Shuls (Sancho, 46), Vaygl (Getse, 85), Gerreyru, Brandt, Vitsel, Roys, Xummels.
Ogohlantirishlar: Messi (51), Buskets (71), Gerreyru (74).

Slaviya Chexiya – Inter Italiya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 19 Martines, 1:1 – 37, penalti Souchek, 1:2 – 81 Lukaku, 1:3 – 88 Martines.
Slaviya – Kolarj, Borjil, Fridrix (Takach, 84), Soufal, Kudela, Souchek, Gushbauer (Zeleni, 70), Shevchik, Stanchu (Traore, 58), Masopust, Olayinka.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Godin, Shkrinyar, Biragi (Lazaro, 76), Vesino (Espozito, 80), Brozovich, Kandreva, Valero (Galyardini, 76), Martines, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Vesino (12), Martines (24), Kudela (52).

JamoaO‘yin G‘   D Mag‘-t T - N Ochko
1 Barselona 5 3 2 0 7-3 11
2 Inter 5 2 1 2 9-7 7
3 Borussiya D 5 2 1 2 6-7 7
4 Slaviya 5 0 2 3 3-8 2
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:06, 28.11.2019.
O'qildi: 5091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.