Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Samvel Babayan «Lokomotiv» bilan xayrlashdi

Samvel Babayan «Lokomotiv» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Superliganing 26-turi doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlar savoliga javob berdi.

- Shubhasiz, uchrashuvni barcha intiqlik bilan kutdi. Biroq afsuski, bahs hech nima bermasdi. Ammo uchrashuv o‘zining printsipialligini yo‘qotmagandi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular yaxshi vaziyatlarni yaratishdi. Biroq 0:0 adolatli hisob bo‘ldi. Biz yana bir bor barcha bilan raqobat qila olishimizni ko‘rsatdik. So‘nggi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik va ayta olaman, qilingan mehnatlar o‘z samarasini berayotgandi. Deyarli barcha o‘yinlarda jamoa g’alabaga loyiq o‘ynadi. "Paxtakor" mavsumni yaxshi o‘tkazdi. "Lokomotiv" esa tinmasdan oldinga harakatlanadi. Kelasi yilning 21 yanvar kunida OCHL saralashi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o‘yin bo‘ladi. Unga qattiq tayyorlanamiz.

Buni yashirgandan ma’no yo‘q. "Lokomotiv"dagi so‘nggi o‘yinim bo‘ldi. Bu yerda men professional futbolchi, professional kollektiv bilan ishladim. Yaxshi oila bo‘ldik. Nafaqat, jamoa, balki akademiya borasida ham to‘xtalaman. 13 yoshli yigitlar respublikada chempionga aylanishdi. Klubdagi barcha ishchi va futbolchilar futbol planida yetuk ekanligini ko‘rsatishdi. Keyingi jamoam "Chanchung Yatay" bo‘ladi. Afsuski, jamoa yuqori ligani tark etgan, shunday bo‘lsa ham ularning ambitsiyalari yuqori. 2016 yilda ushbu jamoadan menga taklif tushgandi. O’sha payt termadan keta olmasdim. 3 haftalar oldin ular mening variantimga yana bir bor qaytishdi. Koreya va xitoylik nomzodlardan aynan meni tanlab olishdi. Maqsadim - barcha yerda akademiyadan asosiy jamoaga futbolchi yetkazib berish. Benites, Pellegrini, Lippi kabilar Xitoy futbolidan nafas olishgan. "Lokomotiv" rahbariyati bilan bu borada gaplashish juda qiyin bo‘ldi. Orzuim - chet elda ishlash. Umuman olganda orzuim ushalgandi. UEFA Osiyoning Pro-Lisenziyasini tan olmas ekan. Shu boisdan men u yerda ko‘p ham ishlay olmadim. Xitoyga men bilan shu yerda ishlayotgan Deyan Jurjevich, Aleksandar Galich, Grigoriy Kolosovskiy hamda Anton Mayeranov bilan ketamiz.

Xitoy birinchi ligasida 3 legioner o‘ynaydi. Ikkitasi maydonda harakat qilsa, bittasi qaydnomada bo‘ladi, xolos. Ammo futbolchilar omzodini ko‘rib chiqaman va bu taklifingizni rad eta olmayman.

"Lokomotiv" baribir kuchayishi kerak. Mirzayev jarohat olganda bu teshikni yopish qiyin bo‘ldi. Zoteev va Hoshimovning o‘rniga boshqa raqobatchi yo‘q. Yuqori maqsadlar uchun kurashishga jamoada yuqori raqobat bo‘lishi kerak. Har doim ham yuqori maosh to‘laydigan klubda baxtli bo‘la olmaysan. "Lokomotiv" - ajoyib oila. Barcha bir maqsad yo‘lida harakat qilmoqda.

Bugungi o‘yin ikki qismga bo‘lindi. Ba’zida biz, ayrim paytlarda "Paxtakor" o‘yinni nazorat qildi. Ikki jamoa ham yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatdi deya olaman.

Menga imkoniyat bergan "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Yarim yillik faoliyatim davomida klubda professional insonlar faoliyat olib borgani uchun rahmat aytaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:16, 30.11.2019.
O'qildi: 7155 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.