Yulian Vaygl keyingi faoliyatini “Barselona” klubida davom ettirishi mumkin.
Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Yulian Vayglning xizmatiga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda.
Diario Sport nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, «ko‘k-anorranglilar» anchadan buyon 24 yoshli germaniyalik futbolchini kuzatib kelishmoqda.













