«Yuventus» rasmiy veb-sayti klub yarim himoyachisi Sami Xediraning sog‘lig‘i borasida ma’lumot tarqatdi.
Chorshanba kuni germaniyalik futbolchining chap tizzasi operasiya qilindi. Uning tiklanishi uchun 3 oy vaqt kerak bo‘ladi.
Xedira ushbu mavsumda «Yuventus» safida 17ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga uzatma berdi. Uning turinliklar bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.