«Real» rahbariyati va murabbiylar shtabi hujumchi Kilian Mbappe 2025/26 yilgi mavsumda duch kelgan muammoni bartaraf etishdi, deb hisoblamoqda.
Jurnalist Xose Feliks Diasning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar fransiyalik futbolchi noto‘g‘ri pozisiyada harakat qilgan va u aslida markaziy hujumchi emas, degan xulosaga kelishgan. «Qaymoqranglilar» yangi mavsumda ushbu muammoni tuzatishni rejalashtirishmoqda. Mbappe o‘zi uchun qulay bo‘lgan chiziqda to‘p suradi.
Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga erkin agent maqomida o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi jamoa safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













