Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Barselona» «Arsenal» vingeri uchun kurashga qo‘shildi

«Barselona» «Arsenal» vingeri uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Gabriel Martinelli «Barselona» safiga o‘tishi mumkin.

Kataloniya klubi braziliyalik futbolchiga da’vogarlar safini to‘ldirdi, deya xabar bermoqda Managing Barca nashri CaughtOffsideʼga tayanib. Bundan avval 24 yoshli o‘yinchiga «Bavariya» va «PSJ» klublari tomonidan ham qiziqish borligi aytilgan edi.

Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Gabriel Martinellining transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Vingerning «kanonirlar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan, biroq unda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.

Yakunlangan mavsumda Martinelli «Arsenal» safida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 07:05, 17.06.2026.
O'qildi: 3257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик