Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Kloze Messi uning jahon chempionatlaridagi rekordini takrorlaganiga munosabat bildirdi

Kloze Messi uning jahon chempionatlaridagi rekordini takrorlaganiga munosabat bildirdi

Baho:
+2 | -

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi jahon chempionatlaridagi gollar soni bo‘yicha uning rekordini takrorlagani haqida fikr bildirdi.

Ma’lumki, Messi JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Jazoirga qarshi bahsda (3:0) xet-trik qayd etdi. Shu tariqa, argentinalik yulduzning mundiallardagi gollari soni 16 taga yetdi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha Klozega tenglashdi.

«Messining meni gollar soni bo‘yicha quvib yetganidan hech qanday e’tirozim yo‘q. Rekordlar yangilanishi uchun yaratiladi. Agar buni Messi uddalasa, men bundan faqat xursand bo‘laman. Men doimo Messining katta muxlisi bo‘lganman. U — haqiqiy daho», — dedi Kloze.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo (15 ta gol), germaniyalik Gerd Myuller va Fransiya terma jamoasining amaldagi hujumchisi Kilian Mbappe joy olgan. Myuller va Mbappe hisobida 14 tadan gol mavjud.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:18, 17.06.2026.
O'qildi: 3601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик