Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Zlatan: "Men bu lahzalarni to‘rt yil kutdim"

Zlatan: "Men bu lahzalarni to‘rt yil kutdim"

Baho:
+1 | -

"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich "Inter"ning sobiq himoyachisi Marko Materassidan qanday qilib qasos olganini aytib berdi.

''Men "Yuve"da o‘ynayotganimda, "Inter" bilan uchrashuv o‘tkazganmiz. Materassi haqiqiy qotil kabi harakat qilib meni jarohatladi. U kuchli futbolchi edi, shuning uchun bu unga normal holat. Bu 2006-yilda sodir bo‘ldi. Jarohatdan so‘ng men biroz vaqt maydonni tark etishga majbur bo‘ldim va "Yuve" bosh murabbiyi Fabio Kapello: "Seni zaxiraga olaman", - dedi. Men "Yo‘q, men o‘yinni davom ettiraman", - deb javob berdim.

Men Materassining qasosini olish uchun maydonga qaytmoqchi edim. Menga qilingan qo‘plolliklar haqida unutmayman. Biroq, ikki daqiqadan so‘ng og‘riq chidab bo‘lmas darajaga keldi. Men o‘yinni davom ettira olmadim. Shundan so‘ng men "Inter", "Barselona" va "Milan" klublarida o‘ynadim.

2010/11 yilgi mavsumning birinchi derbisida yana "Inter" bilan uchrashdim. Bu menga kuch berdi. Ammo o‘zingizni boshqara olmasangiz, bu juda yomon ekan. Siz aqlingizni yo‘qotib, ahmoqona ish qilishingiz mumkin.

Uchrashuvning ikkinchi taymida shunday vaziyat bo‘ldiki, Materassi menga duch kelib qoldi va men unga taekvando usulida zarba berdim. Uni shifoxonaga olib ketishdi. Bu ishimdan keyin Deyan Stankovich meni so‘roqqa tutdi: "Nima uchun bunday qilding?" Va men unga javob berdim: "Men bu lahzalarni to‘rt yil kutdim".

Manba: Сhampionat.com
Kiritildi: 20:01, 05.12.2019.
O'qildi: 19292 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик