Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Futbol tarixidagi eng yomon sardorlar

Futbol tarixidagi eng yomon sardorlar

Baho:
+ | -

Jamoaning qanchalar ahil bo‘lishi sardorlarga bog‘liq ekanligi hech kimga sir emas. Darhaqiqat, sardorlar ichki muhitga ta’sir o‘tkazibgina qolmay, maydonda ham faollik ko‘rsatishlari zarur. Bir qarashda ortiqcha ma’suliyatdek tuyulgani bilan, muxlislar mehri barchasini yuvib ketadi. Aynan sardorlar jamoa va muxlislar o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lishi lozim. Afsuski, barcha sardorlar ham bu ishni uddasidan chiqavermaydi. Bugun  21-asrdagi eng yomon jamoa sardorlari bilan tanishib o‘tamiz.

Leonardo Bonuchchi


2017/18-yilgi mavsum startida «Milan» rahbarlari klubning shonli o‘tmishini ortga qaytarishni reja qilishgan va transferlar uchun kattagina mablag‘ sarf etishgan edi. Aynan o‘sha transfer kompaniyasidagi eng mashxur futbolchilardan biri Leonardo Bonuchchiga esa, sardorlik bog‘ichi birinchi kundan topshiriladi. Afsuski, himoyachi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. «Milan» mavsumni juda yomon o‘tkazdi. Yangi sardor esa, buyumlarini yig‘di va ortga «Yuventus» safiga qaytib ketdi. Turin super klubi muxlislari uni kechirib yuborishdi, lekin «Milan» tifozilari emas. Bonuchchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari har kuni yangidan yangi haqoratlar bilan to‘lib-toshishdan to‘xtamayapti.

Karlos Tevez


2010-yilda «shaxarliklar» safiga azaliy raqib – «Manchester Yunayted»dan kelib qo‘shilgan hujumchi ko‘p o‘tmay klub sardoriga aylnadi. To‘g‘ri, Tevez o‘zining ilk mavsumida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan, biroq ikkinchi mavsumga kelib uning xarakteri namoyon bo‘la boshladi. Avvaliga Manchini bilan ochiqchasiga janjallashib ketgan hujumchi «Bavariya» bilan o‘yinda zahiradan maydonga tushishdan bosh tortadi va klub muxlislarining nafratiga duchor bo‘ladi. Unga va uning oilasiga bo‘lgan bosim shu qadar ortib ketadiki, Karlitosning bir muncha Argentinada isqtiqomat qilishdan boshqa chorasi qolmaydi. Uning xurmacha qiliqlaridan so‘ng, klub Kompaniyni sardor etib tayinlaydi.

Luish Figu



So‘nggi 20 yil ichida futboldagi eng katta sotqinlikni amalga oshirgan Luish Figu haqida to‘xtalib o‘tishimiz shart. O‘zining transferi e’lon qilinishidan bir kun avval «Barselona» muxlislariga hech qayerga ketmasligini ta’kidlagan katoloniya klubi sardori ertasi kuni jurnallarning birinchi sahifasida paydo bo‘ladi. «Kamp Nou» o‘z sardorining qilgan ishidan shok xolatiga tushib qolgab, buni hazm qilishga esa biroz vaqt talab etilar edi. Keyinchalik Figu vaziyatni o‘ngalash uchun bahonalar o‘ylab topishga rosa harakat qildi, lekin g‘ish qolipidan ko‘chib bo‘lgan edi.

Mauro Ikardi

Bundan bir necha yil avval butun boshli «Inter»ning kelajagi deb tahmin qilingan yigitchaga klub rahbarlari sardorlik bog‘ichini topshirishadi vas hu yo‘sinda unga bo‘lgan hurmatlarini izhor qilishadi. Mauro bir nechta ajoyib mavsumlarni o‘tkazadi va bir qarashda hammasini eplayotgandek edi, biroq…

Uning turmush o‘rtog‘I Vanda Nara Mauro va muxlislar o‘rtasiga sovuqchilik solib qo‘yadi. Ikardining agentiga aylangan Vanda mijozining maoshi oshishini talab qiladi va yangi shartnoma tuzishdan bosh tortadi. Uzoq davom etgan muzokalar ha deganda oldinga siljimaydi. Bu orada o‘zining hayoti haqida kitobni sotuvga chiqargan Ikardi muxlislar bosimi ostida qolib ketad. Tifozilarning fikricha, ushbu kitob yolg‘onlarga to‘lib ketgan emish. Katta bosimga dosh berishni uddalay olmagan Ikardi uy uchrashuvlaridan birida muxlislardan biri bilan ochiqchasiga mushtlashib ketadi. Ushbu video internet tarmog‘ida yashin tezligida tarqalib ketadi. Ko‘p o‘tmay klub rahbarlariga shart bilan chiqqan muxlislar o‘z maqsadiga yetishadi va Ikardidan sardorlik bog‘ichi tortib olinadi.

Hozirda uning Parijda ishlari chakki emas, lekin o‘z faoliyati davomida unga yana sardorlik bog‘ichi ishonib topshirilarmikan? Bunisini endi vaqt ko‘rsatadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:52, 07.12.2019.
O'qildi: 9088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.