Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Nikita Rafalovich yakuniy Gran-prining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nikita Rafalovich yakuniy Gran-prining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning Moskva shahrida taekvondo WT bo‘yicha yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Biroz avval hamyurtimiz Nikita Rafalovich bronza medali uchun kechgan bahsda misrlik Seif Issaga qarshi dayanga chiqdi.

Hamyurtimiz mazkur bellashuvda o‘z ustunligini namoyish eta oldi va qo‘shimcha vaqtda 7:5 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Mazkur natija Rafalovich uchun Tokio Olimpiadasi reytingiga 28,8 ochko taqdim qilibgina qolmasdan Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi o‘rnini egallab qolishiga zamin yaratadi.

Moskva Gran-prisi Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beradigan yakuniy turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqadan so‘ng Butunjahon taekvondo WT federasiyasi sportchilarning reyting ochkolarini hisob-kitob qiladi va yaqin vaqt ichida yakuniy holatni rasman e’lon qiladi. Ushbu natija bugungacha reytingning to‘rtinchi o‘rinini egallab turgan Rafalovichga mazkur pog‘onani saqlab qolish imkoniyatini taqdim qiladi. Reglamentga ko‘ra, Olimpiada reytinging yakunida kuchli beshlikdan joy olgan taekvondochilar Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qiladi.

Ma’lumot uchun, Nikita Rafalovich faoliyatida ikkinchi bor yakuniy Gran-prida bronza medaliga sazovor bo‘lmoqda. Hamyurtimiz bundan 2 yil avval Kot d’Ivuarning Abijan shahrida o‘tgan musobaqada ham shohsupaga ko‘tarilgan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:14, 07.12.2019.
O'qildi: 1553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.