Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Kloppning unversal askari

Kloppning unversal askari

Baho:
+1 | -

Bir vaqtlar Filip Koku darvozadan boshqa barcha pozitsiyalarda to‘p surgani haqida aytgan edi. Darhaqiqat, bunday universal futbolchilar Gollandiya futbol maktabining uzoq yillik mehnatlari samarasi. Ayni damda ham jahon futbolida o‘zining unversalligi bilan ajralib turuvchi futbolchilar yetarli. Bugun biz ular ichidagi chinakam jangchi Jorjino Veynaldum haqida suhbatlashamiz.

Veynaldumni ko‘pincha Rud Gullitga o‘xshatib yuborishadi. Bunda o‘ziga hos mantiq mavjud albatta. Afsonaviy futbolchi o‘z kariyerasini markaziy himoyachi sifatida boshlagan bo‘lsa, PSVda qanotga ko‘chgan, “Milan”da murabbiylar undan istagan nuqtalarida foydalanishdi. Gollandiya terma jamoasida esa, Gullit van Basten bilan birgalikda hujum chizig‘ida to‘p surgan va o‘z hisobiga 17 ta golni yozib qo‘ygan. Qizig‘I shundaki, Veynaldum Estoniyaga qarshi uchrashuvda 3 ta gol kiritib Gullitning natijasini takorlab bo‘ldi…

 

Yoshlik chog‘ida

 

Jorjino o‘zining ilk saboqlarin tug‘ulib o‘sgan Rotterdam shahri jamoalarida oladi. Avvaliga sof hujumchi sifatida to‘p surgan qahramonimiz o‘spirin vaqtida hujumchi oritasuriladi.

“Feynord” va PSVda Jorjoni klassik 10-raqam sifatida to‘p suradi. U kerakli pallada hujumchi paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan nuqtalarda ko‘rinish berar, ba’zan qarshi hujumlar chog‘ida ikkinchi sof hujumchi o‘rnini egallashi mumkin edi. O‘zining Gollandiyadagi so‘nggi mavsumlarida qanotda ham o‘ynay olishini namoyish etgan Veynaldum APLga kelgach, o‘zi uchun yangi pozitsiya kashf etdi. “Nyukasl” jamoasida tayanch zonasidagi bo‘shliqni to‘ldirgan Veynaldum butun dunyoga tayanch yarim himoyachi bo‘lib tanildi.

Ikki xil Veynaldum

Jorjoni vaziyat taqazosiga qarab o‘z o‘yin uslubini shunday o‘zgartiradiki, xuddi bir emas ikkita Veynaldum bordek his uyg‘otadi. Yurgen Klopp jismonan yetkuk,rang-barang futbolchilarni xush ko‘rishi hech kimga sir emas.

Nemis murabbiyi mana bir necha yillardan beri jamoasini shakillantirishda davom etmoqda va bu rivojlanish Veynaldumni ham cheklab o‘tgani yo‘q. Ayni damda “Liverpul”ning 5-raqamli futbolchisi maydonda juda katta masofani bir o‘zi boshqaradi. Bundan tashqar, jamoasining barcha hujumlarida ishtirok etishga ulgurishi tahsinga sazovar. Eng muhimi esa, to‘psiz pressinglarda barchadan faolroq. Tushunarli, Veynaldum uchun hujumda o‘ynash yoqimliroq, lekin u o‘z manfaatini hech qachon jamoaviy o‘yindan ustun qo‘ymaydi. U Kuman qo‘l ostida o‘zi istaga klassik 10-raqam vazifasini bajaradi. “Liverpul”da esa, markazdagi “o‘tni o‘chiruvchi” sifatida ko‘rinish bermoqda. Uning “qizillar” safida 166 ta uchrashuvda 16 bor gol kiritgani hujumdagi no‘noqligi bilan emas, Kloppning taktik ko‘rsatmalari bilan bog‘liq desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ayni damda yangi pozitsiya

Hozirgi kunga kelib Klopp gollandiyalik futbolchini jarohat olgan Fabinyoning o‘rniga maydonga tushurmoqda. “Everton”ga qarshi uchrashuvda Fabinyoning pozitsiyasida ko‘rinish bergan Jorjino o‘zining chinakam mator ekanligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Yangi pozitsiya bo‘lishidan qat’iy nazar, Veynaldum hujumga chiqishdan sira cho‘chimayapdi. Boz ustiga, jismoniy ustunlik evaziga maydonning ikkita yarmida ham faollik namoyish etmoqda.

Bunday mehnatkash futbolchilarni Yurgen Klopp qay darajada qadrlashi hech kimga sir emas. Bunday futbolchi “Liverpul” singari pressinga katta urg‘u beruvchi jamoa uchun juda muhim. Kuman singari Klopp ham uni hujum chizig‘ida sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lganini unutmagan bo‘lsangiz kerak. O‘tgan mavsumda “Vulvurhempton”ga qarshi uchrashuvda Klopp uni Salah bilan birgalikda hujumchi chizig‘ida o‘ynatgan edi. Keyinchalik Mane safga qaygach, Klopp uni hujumda to‘p surishi uchun boshqaimkoniyat yaratib bermadi. Terma jamoada esa aksincha, Veynaldum qora ishlardan ozod qilingan va asosiy vaqtini raqib jarima maydonchasi atrofida o‘tkazmoqda. Bu borada Kloppni ham ayblash noo‘rin. Uning mehnatkash yarim himoychilari uchligiVeynaldum, Fabino va Hendersonning asosiy vazifasiqanotlardagi Arnold va Robertsonlarning hujumga bemalol chiqishlarini ta’minlab berishdan iborat.

Darhaqiqat, 1987-yilda “oltin to‘p”ga ega chiqqan Rud Gullit klub va terma jamoada xuddi Veynaldum singari ikkita vazifani bajarar edi. Bugungi qahramonimiz o‘z vatandoshi singari “oltin to‘p”ga ega chiqishi haqiqatdan juda yiroq. To‘g‘ri, u Messi yoki Ronaldu singari “oltin to‘p”ga da’vogarlar qatoridan joy olmas, biroq zamonaviy futboldagi en universal futbolchi unvonini undan tortib olishning iloji yo‘q.

Ya . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:04, 09.12.2019.
O'qildi: 9206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик