Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Virjil van Deykni hayratda qoldirgan futbolchilar

Virjil van Deykni hayratda qoldirgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi yangi intervyular to‘plamini taqdim etamiz. Bugun “Liverpul” va Gollandiya terma jamoasi yetakchisi Virjil Van Deyk tomonidan e’tirof etilgan futbolchilar va ular haqida qahramonimiz tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 Serhio Aguyero

Men o‘z faoliyatim davomida ko‘plab hujumchilarga qarshi to‘p surishga muvaffaq bo‘lganman. Har bir hujumchining o‘ziga hos kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud. Ayrimlar ikkinchi qavatda faol bo‘lsa, ba’zilar darvozaga orqa o‘girib ham sheriklarini aniq to‘p  bilan ta’minlay olishadi. Agarda APLdagi hujumchilar haqida so‘z borsa, Aguyeroga alohida to‘xtalib o‘tishni xohlayman. U men uchun eng noqulay raqiblardan biri. Agarda, unga qarshi to‘p sursangiz, bir lahzaga konsentratsiyani yo‘qotmasligingiz lozim. Siz boy bergan 2 yo 3 sekund u uchun vaziyat yartishga yetarli bo‘ladi. “Shaharliklar”ga qarshi o‘yinlarda aynan Aguyeroning mahorati bizga eng ko‘p muammo tug‘diruvchi omil desam, adashamgan bo‘laman. Biz u bilan maydon ichida raqib bo‘lsakda, uning tashqarisida yaxshi munosabatdamiz. Men u bilan tez-tez ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turaman. Darhaqiqat, u APLdagi eng kuchli hujumchilardan biri.

 

Roberto Firmino

Hozirgi so‘zlarim biroz g‘alatiroq tuyulishi mumkin, lekin men o‘zim birga to‘p surgan futbolchilar ichida aynan Firmononi alohida qayd etaman. Uning maydondagi o‘yinlarini tomosha qilar ekanman, unga qarshi to‘p surmaganimdan xursand bo‘lib ketaman. Bilasizmi, u jamoadagi hujumchilar soyasida qolib ketgandek ko‘rinsada, g‘alaba uchun juda katta xissa qo‘shadi. E’tibor berib qarsangiz, uning deyarli yo‘q joydan golli vaziyat yaratishiga guvoh bo‘lasiz. Bunday qobilayat istalgan hujumchida ham bo‘lavermaydi. Ba’zan uning mashg‘ulot jarayonida amalga oshirayotgan harakatlarini ko‘rib hayron qolaman. Bunday mahoratga ega bo‘lish uchun Braziliyada tug‘ilish lozim.

 Krishtiyanu Ronaldu

Krishtiyanu 10 yildan beri top darajani saqlab kelmoqda. Bunga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Uning tehnikasi va jismoniy imkoniyatlari haqida uzoq so‘zlash mumkin. Uning sog‘lom turmush tarzi istalgan sport turidagi inson uchun o‘rnak vazifasini o‘tab beradi. Ronalduning aslida nimalarga qodir ekanligini maydonda raqiblik qilgan futbolchilargina chuqur anglab yetishi mumkin. O‘z kariyerasi davomida ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan Krish futbol tarixida o‘z nomini qoldirishiga Shubham yo‘q.

 Lionel Messi

Sen Messiga qarshi to‘p surar ekansan, o‘zining qo‘lidan hech narsa kelmaydigan noshuddek his etasan. Uning to‘p bilan muomila qilishiga havas qilmaslikning iloji yo‘q. U o‘z faoliyati davomida bir futbolchi orzu ham qilmagan barcha sovrinlarga ega chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, o‘z darajasini yo‘qotgani yo‘q. Deyarli 10 mavsum davomida bir tempda saviyali o‘yin ko‘rsatish uchun katta mehnat talab etiladi. Bundan tashqari, Messi yaratgan tomonidan zargarona iqtidor bilan siylangan. U o‘z imkoniyatlarini maydonda yillar davomida sayqallab bormoqda. Uning yana bir necha mavsum hozirgi darajasida to‘p surishiga aminaman. Messi nafaqat zamonviy futbol, balki barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Ronaldinyo

Ronaldinyo buyuk futbolchi. Men uning o‘yinlaridan zavq olib katta futbolga kirib kelganman. Hozir ham internet orqali u maydonda osonlik bilan amalga oshirgan fint va dribblinglarni tomosha qilib turaman. Futbol olamidagi  amalga oshirilgan eng chiroyli harakatlar aynan Ronaldinyo tomonidan muxlislarga sovg‘a sifatida tashlab ketilgan boylik deb hisoblayman. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsada, uning muxlislari juda ko‘plab topiladi. Yoshlik chog‘larimda u bilan bir jamoada to‘p surish haqida orzu qilar edim. Ulg‘aygach, u futboldan ketdi men esa turli klublarda to‘p surishga majbur bo‘ldim. Ayni damda futbol borasida anchagina tajriba ortirdim. Shunday qaramay, hali hamon Ronaldinyo ijrosidagi gollarni “You Tube” orqali tomosha qilib turman. Yillar o‘tgan bo‘lsada, uning erkin va yengil harakatlari menga zavq ulashaveradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:45, 10.12.2019.
O'qildi: 13980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.